«Respublikamizning örta va yirik (30 ta) şaharlarida jamoat transporti tizimi va infratuzilmasini takomillaştiriş Boş reja loyihalarini işlab çiqiş yuzasidan ham işlar boşlab yuborildi.
Xususan, respublikaning 30 ta şahridagi jamoat transporti harakati va yönaliş çizmalari, şuningdek, iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilma obektlari geolokatsiyalari maxsus dasturga kiritilib, şaharlarning transport Boş rejasini işlab çiqiş uçun birlamçi ma'lumotlar yiğildi», – dedi Rözmetov 26 yanvar kungi matbuot anjumanida.
Unga köra, Toşkent şahridan taşqari viloyatlar va Qoraqalpoğiston Respublikasida bekat belgisi bölsa-da, 5000dan ziyod oraliq bekatlar mavjud emasligi aniqlangan.
«Işçi guruh tomonidan Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda (Toşkent şahridan taşqari) mavjud oraliq bekatlari töliq xatlovdan ötkazilib, bugungi kunda jami 13 130 ta oraliq bekatlar mavjudligi, şundan 4000 taga yaqini (30%) ta'mirtalabligi aniqlandi.
Bundan taşqari, 5000dan ziyod yangi oraliq bekatlar qurilişiga ehtiyoj mavjudligi oydinlaşdi. Bugungi kunda avtobus bekatlarining namunaviy loyihalari Transport vazirligi tomonidan işlab çiqilib, Quriliş vazirligiga umumlaştiriş uçun kiritildi», – dedi Transport vazirligi rasmiysi.
Uning qayd etişiça, Özbekistondagi har bir mahalla, tuman, şahar va viloyatlar kesimida transport bilan ta'minlanganlik darajasi örganib çiqilgan.
«Hududlardagi mavjud barça yölovçi taşiş yönalişlari xatlovdan ötkazilib, respublika böyiça jami 4068 ta yönaliş (ularning 1604 tasi (26%) avtobus, 438 tasi (10,7%) mikroavtobus hamda 2026 tasi (49.7%) «Damas» rusumli avtomobil) faoliyat körsatayotgan bölib, şundan 374 ta yönalişda turli xil sabablarga köra amalda qatnovlar töxtab qolgani aniqlandi», – dedi Ruslan Rözmetov.












