Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda AQŞning 46-prezidenti Jo Bayden ilk marta telefon orqali suhbatlaşdi. Bu haqda Kreml rasmiy saytida yozildi.
Manbada aytilişiça, Putin hamkasbini faoliyatini boşlagani bilan tabriklagan. Putin suhbat davomida ikki mamlakat örtasidagi munosabatlarning normallaşişi butun dunyodagi xavfsizlik uçun yaxşi ekanini ta'kidlagan. Tomonlar yadro qurolini işlatişni çeklaş böyiça kelişuvni uzaytirişga qaratilgan notalar almaşinuvini olqişlaşdi. Bu borada kelişuvlar tez orada yakunlanişi ma'lum qilindi.
Rossiya va AQŞ tomonidan 2010 yil imzolangan bu kelişuv 2021 yil 5 fevralda yakunlanişi kerak edi. Tomonlar kelişuvni yana 5 yilga uzaytiriş böyiça qöl ostidagilarga topşiriq berişdi. Putin hujjat muddatini uzaytirişni ratifikatsiya qiliş böyiça davlat Dumasiga körsatma bergan.
Bayden va Putin koronavirusga qarşi kuraşda özaro hamkorlikni muhokama qilişdi. Şuningdek, savdo-iqtisodiy aloqalar haqida ham gaplaşişdi. Prezidentlar AQŞning oçiq osmon kelişuvidan bir tomonlama çiqib ketgani va Eron yadro dasturi böyiça birgalikda harakat qiliş kabi mavzularga ham töxtalgan. Putin BMT Xavfsizlik kengaşining doimiy a'zolari iştirokida sammit ötkazişni taklif qildi.
Kreml saytida yozilişiça, suhbat samimiy ruhda keçgan va keyinçalik aloqada böliş kelişib olingan.
Oq uy versiyasi
Oq uyning suhbat haqidagi xabarida esa Kreml qayd etmagan tafsilotlar keltirilgan. Xususan, Bayden suhbatda Rossiyaning 2020 yilgi AQŞ prezidentlik saylovlarida aralaşgani mavzusini kötargan. Şuningdek, Kremlning suhbat haqidagi xabarida Aleksey Navalniyning zaharlanişi haqida söz bormagan. Oq uyda esa Bayden Putin bilan suhbatda bu mavzu AQŞ uçun muhimligini aytganini ta'kidlaşdi. Bayden suhbatda AQŞ Rossiya agressiyasiga qarşi kuraşda Ukrainani qöllab-quvvatlaşini ham aytgan.
«Umid qilamanki, yadro qurolini çeklaş kelişuvi böyiça mamlakatlarimizning umumiy manfaatlari uçun harakat qila olamiz. Şu örinda Navalniy işida, Solar Winds'ga qilingan hakerlik hujumi va Afğonistondagi amerikalik askarlarning boşi uçun pul söralgani haqida xabarlarda AQŞ Rossiyaning harakatlaridan xavotirda ekanini bildirmoqçiman. Bu borada maxsus xizmatlarga körsatma berdim va har qanday yangilik paydo bölganda, bu savollarni ruslar oldida kötarişimni aytdim», degan Bayden suhbat davomida Oq uy versiyasiga köra.












