Prezident Şavkat Mirziyoyev 27 yanvar kungi selektorda majlisbozliklar köpayib ketganini tanqid qildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
«Hamma tomon otbozor bölib ketdi», – dedi majlisbozliklar haddan ortiq köpayib ketganini tanqid qilgan prezident.
«Köp amaldorlar majlisbozlikka kasal bölgan. Buni davolaymiz. Bugundan boşlab, majlis qilmoqçi bölgan hokimlar Administratsiyadan ruxsat olib, uzoği 40 minutlik majlis ötkazişi mumkin.
Ruxsatsiz majlis ötkazgan amaldorlar işdan ketadi», – ta'kidladi Mirziyoyev.
«Majlislarga ketgan vaqtning 50 foizi tadbirkorlikni rivojlantirişga, korxonalarni obod qilişga sarflansa, odamlar bizdan rozi böladi», – dedi davlat rahbari.

Şavkat Mirziyoyevning ta'kidiça, iqtisodiy kompleks bir yil mobaynida kuçaytirilgan tartibda faoliyat yuritadi.
«Moliya, bank va soliq sohalarida bir yil favqulodda vaziyat e'lon qildik. Qöçqorovdan boşlab barça moliyaçi, bankir va soliqçilar mahallama-mahalla yurib, aholi muammolarini örganadi va hal qiladi», – dedi prezident.












