Majburiy ijro byurosi xabariga köra, ular Toşkent viloyatidan Sirdaryo viloyati tomon harakatlanib ketayotgan vaqtida Boş prokuratura huzuridagi departamentning Sirdaryo viloyat boşqarmasi va DXX Sirdaryo viloyat boşqarmasi xodimlari tomonidan Şirin şahar YPX postida uşlangan va 20 ming dollar miqdoridagi qalbaki pullar daliliy aşyo sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat işlari böyiça Sardoba tuman sudi tomonidan jinoyat işi qözğatilgan.

Jinoyat kodeksining 25,176-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan sudlangan K.X. va boşqalarning jinoyat işi böyiça daliliy aşyo sifatida olingan qalbaki 20 ming dollarni tegişli tartibda yöq qiliş töğrisida sud qaror çiqargan.
Tuman MIB tomonidan bu vazifa joriy yilning 28 yanvar kuni amalga oşirildi, deyiladi xabarda.












