Sobiq ittifoq xalq artisti Vasiliy Lanovoy 87 yoşida hayotdan köz yumdi. Bu haqda Moskva meri Sergey Sobyanin xabar berdi.
“Qayğuli xabar keldi. Ajoyib artist, xalqning sevimli aktyori Vasiliy Semenoviç Lanovoy hayotdan köz yumdi”, deb yozgan Sobyanin.
Lanovoy 2 yanvarda koronavirus bilan şifoxonaga yotqizilgan. 28 yanvarga ötar keçasi aktyorning ahvoli oğirlaşib, jonlantiriş bölimiga ötkazilgan.
Aktyor yaqinda 87 yoşini qarşilagan edi.

Lanovoy 1934 yil 16 yanvarda Moskvada tuğilgan. Öz ijodini 1957 yildan Ye.Vaxtangov nomidagi teatrda boşlagan. Aktyor teatrdagi rollaridan taşqari, 70dan köproq kinorollar ijro etgan. Jumladan, u “Alvon yelkanlar” (“Alyye parusa), “Ofitserlar” (“Ofitsery”), “Bahorning ön yetti lahzasi” (“Semnadsat mgnoveniy vesny”) kabi maşhur filmlardagi rollari bilan muxlislar qalbidan örin olgan.
Lanovoy köplab orden va davlat mukofotlari sohibi hisoblanadi.












