Bugungi kunda bino töliq qad kötargan. Uning markazida ulkan şarqona gumbaz, tört tomonida 34 metrlik peştoqlar qurilgan.

Davlat rahbari markazni pardozlaş va jihozlaşga oid loyihalarni kördi. Markazning içki va taşqi körinişi, naqşlari yuzasidan tavsiyalar berildi.

Xonalarni köplab sayyohlar, delegatsiyalar kelişi, xalqaro konferensiyalar ötkazilişini inobatga olib zamonaviy jihozlaş, ekspozitsiyani turli yoşdagi insonlarga mos holda tayyorlaş zarurligi ta'kidlandi.

Şavkat Mirziyoyev şu yerda olimlar, ziyolilar, nuroniylar va mahalla raislari bilan suhbatlaşdi.

«Milliy özlikni anglaş deb köp gapiramiz. Lekin şunga munosib bölyapmizmi, degan tuyğu meni qiynaydi. Ota-bobolarimiz qiyin şaroitlarda, mehnat-maşaqqat bilan qanday buyuk işlarni amalga oşirgan.

Jadid bobolarimizni ham bekorga qatağon qilişmagan. Çunki bilişardiki, ilm, ğurur, davlatçilik bizning qonimizda bor. Bu yerda hamma buyuk allomalarimizning ovozi eşitilib turadi», – deya davlat rahbaridan iqtibos keltirilgan rasmiy relizda.