Zilaliyevning advokati Taalaygul Toktakunovaning ta'kidlaşiça, Jeenbekovning “Optima Bank” bank yaçeykasida topilgan pullar böyiça söroqqa çaqirtirilişini u iltimos qilgan va sud uning iltimosini qanoatlantirgan. Jeenbekov bu pullarning qayerdan kelib qolganini tuşuntirib berişi kerak.

 “U guvoh sifatida sud jarayoniga taklif qilindi. Duyşenbek Zilaliyev “Noqonuniy boyiş” moddasi böyiça ayblanmoqda va uning göyoki noqonuniy boyişiga bank yaçeykasida bir million dollar topilgani vaj qilinmoqda. Tergov Zilaliyev davlat xizmatçisi bölgan vaqtda bu pullarga ega böla olmagan, deb hisoblamoqda. Bu pullarga Söronboy Jeenbekov bevosita aloqaga ega, çunki ular Jeenbekovning prezidentlikka nomzod bölgan vaqtida saylovoldi kampaniyasiga möljallangan bölgan va Zilaliyev bu mablağlarni töliqligiça unga bergan. Buni sobiq boş vazir Sapar Isakov ham tasdiqlaşi mumkin”, deb aytgan advokat.

Duyşenbek Zilaliyev

Uning ta'kidlaşiça, Zilaliyev hibsga olinganda, internetda bank yaçeykasida 1 mln dollar topilgani videosi tarqalgan. “Agar e'tibor bersangiz, uni yaçeykadagi pullar böyiça 2017 yil 8 dekabrda uşlaşgan, video esa yozda suratga olingan. Tergov davomida himoyam ostidagi şaxs Davlat milliy xavfsizlik qömitasiga pullar Jeenbekovning saylovoldi kampaniyasiga möljallangani böyiça körsatma bergan. Uning şaxsan özi bu pullarni Jeenbekovga topşirgan. Bu haqida Sapar Isakov aytib berişi mumkin. Biroq Isakov ham, Jeenbekov ham öşanda söroq qilinmagan”, deb tuşuntirgan vaziyatni Toktakunova.

“Öşa kezda Söronboy Jeenbekov prezident edi va Davlat milliy xavfsizlik qömitasida Zilaliyevning körsatmalariga tegişli baho berilmagan va pullar unga tegişli deb hisoblangan. Biroq bu yolğon axborot bölgan va internetda yozgi vaqtda olingan video tarqalgan, Zilaliyev esa dekabrda hibsga olingan”, deb qöşimça qilgan advokat.

Duyşenbek Zilaliyev 2018 yil dekabrida hibsga olingan. Bişkek tuman sudlaridan biri 2020 yil oktyabrda uni 9 yilga ozodlikdan mahrum etgan.