Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ekspertlari Xitoyning Uhan şahridagi tibbiyot muassasalarini tekşirişni boşladi.
Ikki haftalik karantindan söng ular rasmiy ma'lumotlarga köra koronavirus yuqtirgan ilk bemorlarni qabul qilgan şifoxonaga kelişdi.
«Bu koronavirusga qarşi kuraşning eng oğir damlarida işlagan şifokorlar bilan bevosita suhbatlaşiş imkoniyatidir», — dedi nazorat guruhi a'zolaridan biri, britaniyalik virusolog Piter Daşak.
JSST ekspertlari Xitoyga taşrif davomida koronavirus pandemiyasi boşlanişi töğrisida hisobot tayyorlaş uçun ma'lumot töplaşadi. Pekin koronavirus tarqalişi töğrisidagi haqiqiy ma'lumotlarni yaşirganlikda ayblanganidan söng JSST delegatsiyasini qabul qilişga rozi bölgandi.
Xitoyga JSST ekspertlarining birinçi guruhi 2020 yilda kelgandi. Ular virus insonga körşapalaklardan yuqişi mumkin degan xulosaga kelgan, ammo infeksiya manbasi töğrisidagi savol oçiq qolgandi.
Yana bir guruh iyulda borişi közda tutilgandi, ammo mamlakatga faqat ikki nafar mutaxassis kiritildi. Ular Uhanga borişmadi va navbatdagi missiyalar taşrifiga tayyorgarlik miqyosini örganiş bilan çeklandi.













