Myanmada hokimiyatni qölga olib, mamlakatda favqulodda vaziyat e'lon qilgan harbiylar hukumatda yangi tayinlovlar amalga oşirişdi. Jumladan, hukmron partiya yetakçisi va taşqi işlar vaziri lavozimini egallagan Aun San Su Çji örniga hamda yana 10 lavozimga yangi amaldorlar tayinlangan.

Harbiylarga tegişli “Myavaddi” televizion tarmoği ma'lumotlariga köra, Aun San Su Çji örnini Vunna Maun Lvin egallagan. Şuningdek, içki işlar; mudofaa; çegara işlari; rejalaştiriş, moliya va sanoat; investitsiyalar va taşqi iqtisodiy aloqalar; xalqaro hamkorlik; axborot; din va madaniyat işlari; immigratsiya va aholi; soğliqni saqlaş va sport vazirlari özgartirilgan.      

1 fevralda Myanmada harbiylar mamlakat rahbariyatini hokimiyatdan çetlatib, mamlakatda bir yillik muddatga favqulodda vaziyat kiritilişini e'lon qilişdi. Ular bu harakatlarini 2020 yil noyabrda ötgan parlament saylovlaridagi soxtalaştirişlarga javoblari ekani bilan tuşuntirişgan. Jami 30ga yaqin amaldor, jumladan prezident Vin Min va saylovlarda ğalaba qozongan partiya yetakçisi, mamlakat rahbari Aun San Su Çji hibsga olingan.