Ötgan yil noyabrida ötkazilgan saylovlarda Aung San Suu Ki boşçiligidagi «Demokratiya uçun milliy liga» partiyasi hukumatni mustaqil şakllantiriş uçun yetarli bölgan miqdorda ovoz olgandi. Generallar esa saylovlar natijalarini soxtalaştirilgan deb topişdi. Yangi parlamentning birinçi sessiyasi aynan duşanba kuni boşlanişi kerak edi, ammo armiya deputatlarga iş boşlaş imkonini bermadi va hokimiyat mamlakat qurolli kuçlari boş qömondoni Min Aung Hlaing qöliga ötgani e'lon qilindi.

Harbiylarga tegişli bölgan telekanal mamlakatda bir yil muddatga harbiy holat joriy qilinganini ma'lum qildi. Aung San Suu Ki öz tarafdorlarini «buni qabul qilmaslik»ka va «davlat töntarişiga qarşi çiqiş»ga çorlaşga ulgurgandi.

Köpçilik uçun Birma nomi bilan tanilgan Myanma önlab yillar mobaynida harbiylar tomonidan boşqarilgan va 2011 yilda bu yerda demokratik islohotlar boşlangan.

2015 yilda Myanmada sönggi 25 yillikda ilk bor erkin saylovlar ötkaziladi, unda Aung San Suu Ki mutlaq ğalabaga erişadi, ammo farzandlari xorijiy davlat fuqaroligiga ega bölgani tufayli prezidentlik lavozimini egallay olmaydi.

U demokratiya ikonasi hisoblangan, şafqatsiz generallarga qarşi oçiq kuraşgani uçun köp yillar mobaynida uy qamoğida saqlangan. U hamon asosiy qismi buddizm diniga e'tiqod qiladigan Myanma aholisi orasida katta nufuzga ega.

Ammo taşqi dunyoda uning obrösi musulmon rohingyalarga nisbatan tutgan pozitsiyasi tufayli keskin yomonlaşib ketadi.

Yuqoriga yöl
1989 yildan 2010 yilgaça Aung San Suu Ki jami 15 yilni uy qamoğida ötkazgan, harbiylar unga mamlakatdan qaytiş huquqisiz çiqib ketişni taklif qilişgan, ammo u ketişdan boş tortgan. 1991 yilda u tinçlik yönalişida Nobel mukofotiga sazovor deb topilgan.

Barak Obama boşqaruvi davrida AQŞ Birmaga sanksiyalarni bekor qilgan, bu vaqtda u yerda demokratik islohotlar boşlangandi / AFP

Aung San Suu Kining demokratiya va inson huquqlari uçun kuraşi uni dunyo böylab zulmga tinç yöl bilan kuraşning ramzi sifatida maşhur qilgan.

Hozirda u 75 yoşda. Uning lavozimi «davlat maslahatçisi», ammo barça uni norasmiy davlat rahbari sifatida köradi. Prezident Min Min uning sodiq va yaqin safdoşi hisoblanadi.