«Samarqand Darvoza» savdo-köngiloçar markazi ma'muriyati – «SD Mall» MÇJ xodimlari «Makro» supermarketi joylaşgan savdo zali va omborxonani energiya ta'minotidan uzib qöygani iddao qilinmoqda.

«Makro» («Darvoza savdo» MÇJ) rasmiy vakilining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, uşbu hodisadan söng, eng birinçi navbatda kompaniya obrösiga putur yetgan. Şuningdek, kompaniya moliyaviy zarar kördi.

«Yuzaga kelgan holat, Özbekiston qonunçiligiga binoan, ijara töğrisidagi şartnoma talablarini töğridan töğri buzadi», – deya munosabat bildirmoqda «Makro» vakili.

Voqealar nimadan boşlandi?

2021 yili 7 yanvar kuni «Majid Al Futtaim» va «UzOman» strategik hamkorlik aloqalarini örnatişi haqida xabar tarqaldi. Ta'kidlanişiça, uşbu uzoq muddatli şeriklik doirasida ikkala kompaniya ham öz imkoniyatlari va tajribalarini birlaştirib, mamlakatda zamonaviy çakana savdoni rivojlantiriş, Özbekiston iqtisodiyoti va sanoatiga katta hissa qöşişdir.

«Majid Al Futtaim» Toşkentda ikkita yangi «Carrefour» gipermarketini işga tuşirmoqda. Dökonlarning oçilişi joriy yilning mart-aprel oylariga rejalaştirilgan. Gipermarketlar «UzOman»ga tegişli bölgan eng yirik «Samarqand Darvoza» va «Compass» savdo-köngiloçar markazlarida joylaşadi. Mamlakatda «Carrefour» kompaniyasi faoliyatining kengayişi uning 2020 yil dekabr oyida birinçi supermarketi oçilişidan boşlandi va bu brendning özbek jamiyatiga tanlangan işonçli hamkor bölişini kafolatlaydi», – deyiladi xabarda.

Anglaşiladiki, Özbekistondagi yirik savdo-köngiloçar «Samarqand Darvoza» va «Compass» markazlari ma'muri – «Özbek-Ömon investitsiya kompaniyasi» MÇJ öz binolarida ijara huquqi asosida faoliyat yuritayotgan «Makro» supermarketlari bilan tuzilgan şartnomani bekor qilmay, uşbu nuqtalarda «Majid Al Futtaim» kompaniyasiga tegişli