Stamaliyevaning ta'kidlaşiça, Jeenbekov 1 fevralda rafiqasi bilan “Manas” aeroportidan Istanbulga uçib ketgan va u yerdan Jiddaga yöl oladi.
Ma'lumotlarga köra, Jeenbekov umra amalini Saudiya Arabistoni podşohi taklifiga köra amalga oşirmoqda. “U 2020 yil noyabrdan beri umra safariga borişni rejalaştirgandi. Biroq pandemiya sababli ziyoratçilarga podşohlikka kiriş çeklangani sababli, umrani amalga oşiriş uçun rasmiy taklif oliş kerak bölgan. Bunday taklif 2021 yil fevral oyi boşiga olindi”, deb qöşimça qilgan Stamaliyeva.
Uning ta'kidlaşiça, umra safari 10 kundan köproq davom etadi va Jeenbekov şundan keyin Bişkekka qaytadi.
Qirğiziston milliy xavfsizlik davlat qömitasida ta'kidlanişiça, sobiq davlat rahbari Qirğizistonni heç qanday tösiqlarsiz tark etişi mumkin, çunki uning harakatlanişiga çeklov yöq.
Avvalroq Jeenbekov sobiq boş vazir örinbosari Duyşenbek Zilaliyev işi böyiça körsatma beriş uçun Bişkekdagi tuman sudiga 3 fevralga çaqirtirilgani ma'lum qilingandi.
Öz navbatida, Qirğiziston boş prokuraturasida ma'lum qilinişiça, 2020 yil oktyabrda Qirğizistonda yuz bergan norozilik namoyişlarida jabrlanganlar Jeenbekov ustidan sudga arz qilişgan. Ular Jeenbekovni sobiq prezident maqomidan mahrum qilişni va namoyişçilarning kuç bilan tarqatilişi uçun jinoiy javobgarlikka tortilişini talab qilişmoqda.











