"Oppozitsionnaya platforma - Za jizn" (OPZJ) fraksiyasi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga nisbatan impiçment jarayonini boşlaydi, dedi OPZJ partiyasi hamraisi Vadim Rabinoviç.
"Bugun mustaqil Ukraina tarixida ilk bor birdaniga uçta yetakçi telekanal öçirib qöyildi. Yaqin vaqt içida keyingi qadamlarimizni belgilab beradigan partiya s'yezdini ötkazamiz. Biz saylovçilar, mamlakatni tahqirlagan prezident Zelenskiyning impiçmenti protsedurasini boşlaymiz", - dedi Rabinoviç oliy rada minbaridan.
Rabinoviç Vladimir Zelenskiyni odamlarga kommunal tariflar, koronavirusga qarşi vaksina yöqligi, tibbiyot izdan çiqqani va boşqa muammolar haqida «haqiqatni aytayotganlarning oğzini yopişga uriniş»da aybladi.
2 fevral kuni Vladimir Zelenskiy 112, Newsone va ZIK telekanallari faoliyatini töxtatiş töğrisida qaror qabul qildi.
Mazkur telekanallar OPZJ yetakçilaridan biri Viktor Medvedçukka aloqador deb hisoblanadi.












