Albatta bunday ijobiy özgarişlar mamlakatning xalqaro imijiga ham ta'sir qilmay qolmayapti. Özbekiston 2018 yil AQŞning diniy erkinlik böyiça «qora röyxati»dan, 2020 yilning dekabr oyida esa diniy erkinlik böyiça «Maxsus kuzatuvdagi davlatlar röyxati»dan (Special Watch List) çiqarildi.

2019 yil 2 avgust kuni prezident qarori bilan Qoraqalpoğistonda joylaşgan xalq uçun «içkaridagi» qiynoqlarning ramzi va borsa kelmas deya ta'riflanadigan Jasliq qamoqxonasi yopildi, mahkumlar tayinlangan jazo turiga qarab boşqa qamoqxonalarga köçirildi. Şuningdek, Jazoni ijro etiş boş boşqarmasi vakillari 2016 yildan Özbekistondagi qamoqxonalarda mahkumlarga kun tartibini buzmagan holda namoz öqiş va röza tutişga ruxsat berilganini ma'lum qildi.

Özbekistonda taqiqlangan ekstremistik guruhlarga aloqadorlar, moyillik körsatganlar yoki adaşib qöşilib qolgan kişilarning röyxatini olib boriş amaliyotiga çek qöyildi.

Umra ziyoratiga boruvçilar soni dastlab 2018 yilda 6 ming kişidan 10 ming kişiga oşirildi, 2019 yilga kelib umraga boruvçilar soniga qöyilgan çeklov butunlay bekor qilindi va uşbu muqaddas safarga çeklanmagan miqdorda ziyoratçilar borişi mumkinligi belgilandi.

Haj ziyoratiga boruvçilar soni ham 2017 yilda 5200 nafardan 7200 nafarga oşirildi. 2020 yil fevraldan Toşkent-Madina yönalişida aviaqatnovlar yölga qöyildi. Şu bilan birga, Umra va Haj ziyoratlarini taşkil qiliş uçun sayyohlik firmalariga ruxsat berilmayotgani köpçilik tadbirkorlarni va xalqaro inson huquqlari taşkilotlarining noroziligiga sabab bölmoqda,