Kuni keça Kun.uz saytida «Maşhur xonanda voyaga yetmagan qizning nomusiga tekkani aytilmoqda. IIB jinoiy iş oçişni rad etdi» nomli maqola e'lon qilingandi.

Boş prokuraturaning Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, iş yuzasidan Kattaqörğon tumani IIB huzuridagi tergov bölimining jinoyat işi qözğatişni rad qiliş haqidagi qarori Samarqand viloyat prokuraturasi tomonidan nazorat tartibida örganib çiqilgan.

Aniqlanişiça, şu yil 17 iyunda Urgut tumanida yaşovçi fuqaro R.F. Kattaqörğon tumani IIB boşliğiga ariza bilan murojaat qilib, öz arizasida 13 iyun kuni voyaga yetmagan qizi M.Ş.ni dugonasi S.D. Kattaqörğon tumaniga olib kelib, uni qöşiqçi J.U. va uning bir örtoği bilan taniştirganini, J.U. va uning örtoği ularni bir uyga olib borganini va şu kuni J.U. uni zörlab nomusiga tekkanini, şu sababli J.U.ga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.

Sudga oid tibbiyot ekspertizasining 26 iyundagi xulosasida fuqaro Ş.M.ning tanasida, ya'ni köz yuqori qovoqlar, ikkala boldir, öng bilak sohalarida qontalaşlar kabi jarohatlar aniqlanib, uşbu jarohatlar sud-tibbiy tekşiruviga qadar bir kundan köp, ikki kundan kam bölgan vaqt oraliğida yetkazilgan bölişi mumkinligi körsatilgan.

Mazkur murojaat yuzasidan Kattaqörğon tuman IIB huzuridagi TB tergovçisi tomonidan tergovga qadar tekşiriş harakatlari ötkazilib, natijasiga köra, 10 iyul kuni JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat işi qözğatişni rad etiş haqida qaror qabul qilingan.

Töplangan hujjatlar Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan nazorat tartibida örganib çiqilganda, bir qator tergovga qadar tekşiruv harakatlari töliq bajarilmaganligi, JPKning 22-moddasida talablarga rioya etilmaganligi, iş böyiça isbotlanişi lozim bölgan barça holatlar sinçkovlik bilan tekşirib körilmasdan şoşma-şoşarlik bilan qabul qilingani aniqlangan.

Yuqoridagilarga köra, Kattaqörğon tuman IIB huzuridagi TBning jinoyat işi qözğatişni rad etiş töğrisida 10 iyul kuni qabul qilgan qarori Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan 10 sentabr kuni bekor qilinib, qöşimça tekşiruv harakatlari olib boriş uçun Kattaqörğon tuman IIB TBga yuborilgan, deyiladi ma'lumotda.