COVAX dasturi böyiça koronavirusga qarşi vaksinalar kam va örtaça daromadli 92 mamlakatga iyun oyigaça taqdim etiladi. Bu haqda YUNISEF saytida ma'lum qilindi.
"COVAX dasturi doirasida 18 mamlakat: Butan, Boliviya, Bosniya va Hersegovina, Kabo-Verde, Kolumbiya, Salvador, Gruziya, Maldiv, Moldova, Mongoliya, Peru, Filippin, Koreya Respublikasi, Ruanda, Janubiy Afrika, Tunis, Ukraina, Ğarbiy sohil hamda Ğazo birinçi bölib 1,2 million doza Pfizer/Biontech vaksinasini oladi", - deyiladi xabarda.
Xabarda aytilişiça, vaksinaning bir dozasi narxi taxminan 3 dollarni taşkil etadi.
YUNISEF taqdim etgan jadvalga köra, Özbekiston 2 mln 640 ming doza AstraZeneca/Oxford vaksinasini oladi.
JSST koronavirusga qarşi vaksinalar teng taqsimlanişini közda tutuvçi COVAX dasturi doirasida 92 mamlakat uçun notijorat narxlarida vaksina yetkazib berilişini ma'lum qilgandi.
JSST boş direktori Tedros Adhanom Gebreyyesus vaksina taqsimlanişi fevralda boşlanişini bildirgan, bu yil dastur doirasida ikki milliard doza vaksina yetkazib beriş rejalaştirilgan.













