
Joriy yilning 3 fevral kuni Pokiston delegatsiyasi Özbekistonga taşrif buyurdi. Bu haqda Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Boş vazir maslahatçisi Abdul Razzoq Dovud boşçiligidagi delegatsiya bilan Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi Aziz Abduhakimov Samarqand şahrida uçraşdi.
Uçraşuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada kengaytiriş hamda Özbekiston va Pokiston örtasidagi özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantiriş masalalari yuzasidan fikr almaşildi. Pokiston delegatsiyasi uçun dastlab Samarqandning investitsion jozibadorligi, turizm salohiyati, tibbiyot va farmatsevtika yönalişidagi imkoniyatlariga doir taqdimot ötkazildi.

Muzokaralar davomida aviaqatnovlarni rivojlantiriş, ikki mamlakat işbilarmonlari örtasida manfaatli hamkorlikni kuçaytiriş, oliy ta'lim muassasalarida özaro tajriba almaşinuvlarini taşkil etiş masalalari körib çiqildi. Ayni paytda Samarqand davlat tibbiyot institutida 130 nafar pokistonlik talabalar tahsil olmoqda. Yaqinda yana 120 nafar talaba va 10 nafar professor-öqituvçi Samarqandga taşrif buyurişi ma'lum qilindi.


Taşrif asnosida mehmonlar Imom Al-Buxoriyning hayoti, uning hadis ilmiga qöşgan buyuk ma'naviy merosi bilan yaqindan tanişiş maqsadida uluğ muhaddis qabrini ziyorat qilişdi hamda xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida bölişdi.










