«Tan olişimiz kerak, mahalliy yöllar tuman va şahar obodonlaştiriş boşqarmalari tasarrufida bölgan va töğridan töğri mahalliy budjetga boğlab qöyilgan edi. Tuman obodonlaştiriş boşqarmalarida yöl infrastrukturasiga qarovçi bir nafardan mutaxassis bölgan. Tumanda 300–500 km yöl bölsa, bir mutaxassis bilan bu yölni tartibga solib yoki ta'mirlaş imkoniyati bölmagan.
Mahalliy hokimiyatlarni töğridan töğri aybdor qiliş notöğri bölar, lekin e'tibor şu ahvolda edi. Endilikda bu tizim prezident qarori bilan özgartirildi. Mintaqaviy yöllarni ta'mirlaşga alohida buyurtmaçi xizmati tuzildi. Ular faqat yöllarni ta'mirlaşga ixtisoslaşgan bölib, buyurtmaçi xizmatini körsatadi. Şundan keyin biz iş sifatiga erişamiz. Şunga qaramay, kamçiliklar bölsa, biz hamkorlikda körib çiqişga tayyormiz.
Ketma-ketlikni kim tanlaydi, deyilsa, odatda içki yöllarimizni mahalliy hokimiyat organlari, jamoatçilik va MFY hamkorlikda dalolatnoma tuzib, qaysi biri avval ta'mirlanişini hal etadi.
Köpinça ijtimoiy obektlar joylaşgan maktab, boğça, vraçlik punktlari, bozorga yoki jamoatçilik gavjum köçalar asfalt qilinadi. Qolgan köçalar esa toşli-şağalli qilinyapti», – dedi Şuhrat Nazarov 3 fevral kungi matbuot anjumanida.
Anjumanda Respublika yöl fondiga bir yilda qança mablağ ajratilayotgani va uning qançasi avtomobil yonilğisidan olinadigan tuşum hisobiga töğri kelişi haqida ham savol berildi.
«Respublika yöl jamğarmasi 2019 yilda tugatilgan, hozirda bunday tuşunça yöq. Bizga kelib tuşadigan mablağlar bevosita respublika budjetidan ajratiladi. Avval korxonalarning aylanmasidan 1,5 foiz tölanar edi, lekin bu narsalar bekor bölgan va hozirda yonilğidan yöl fondiga tuşadigan pul mablaği yöq.
Bevosita yonilği tarkibida Respublika yöl jamğarmasiga yönaltiriladigan mablağ yöq. Hozirda budjetda bunaqa termin ham, bunaqa holat ham yöq, ya'ni bevosita budjetdan olinadigan bölgan», deya javob berdi Avtomobil yöllari davlat qömitasi birinçi örinbosari.
«60 ming kilometrdan ziyod yöllar ta'mirtalab holatda» — Avtomobil yöllari qömitasi
Transport prokuraturasi yöl va köpriklar qurilişidagi jinoyatlar haqida ma'lumot berdi











