Boşqa köplab davlatlar kabi Xitoy ham koronavirusga qarşi vaksina yaratiş poygasiga qöşilgan. Hozirga kelib uç farmatsevtik firma: Sinopharm, Sinovac va CanSino kompaniyalari vaksinalarining istiqboli porloq deya baholanmoqda.
Yaqin kunlargaça bu uç kompaniya preparatlarining ikkinçi va uçinçi fazada ötkazilgan sinovlardagi samaradorligi haqida köp narsa ma'lum emasdi. 2020 yil oxiriga kelib Xitoy hukumati Sinopharm kompaniyasining vaksinalari bozorga çiqarilişiga ruxsat berdi va kompaniya öz vaksinasining samaradorligi haqidagi ma'lumotlarni oşkor qildi – 79 foiz.
Hozirga kelib Sinopharm vaksinasi bilan bir milliondan ortiqroq odam emlangan bölsa-da, bu yo sinovlar uçun yoki yozda hukumat ruxsat bergan favqulodda holatlarda qöllanadi, xolos. Endi esa, aftidan, vaksinaga rasman «yaşil çiroq» yondi. Faqat bir şarti bor: Xitoy farmatsevtik mahsulotlar davlat boşqarmasi muovini Çen Şifeyning sözlariga köra, faqat yuqori darajadagi riskka moyil guruhda qöllaşga izn bor.
Bir vaqtning özida Xitoy ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda Ğarbda tasdiqdan ötgan vaksinalar samaradorligi va xavfsizligiga nisbatan şubha uyğotiş kampaniyasi boşlanib ketdi. Xususan, BioNTech va Pfizer kompaniyalari özlari işlab çiqqan vaksinaning xavfini yaşirişyapti. Davlat telekanallarining maşhur boşlovçilaridan biri bu haqda hatto Tvitterda ham yozib çiqdi.
Can't independently verify but it's concerning: 10 dead in Germany within days after receiving Pfizer & BioNTech #vaccines. What about following it up? Hello??? @BBCWorld @CNN @AP @Reuters... pic.twitter.com/Hy5XfldTrz
— CGTN LIU Xin 刘欣 (@LiuXininBeijing) January 16, 2021
Xitoy farmkompaniyalari öz vaksinalariga zarur komponentlarni Fosun Pharma firmasi orqali aynan BioNTech va Pfizer kompaniyalaridan sotib olişyapti. Ğarb vaksinalarini obrösizlantiriş mahalliy vaksinalarning ança kamtarona yutuqlaridan e'tiborni çalğitiş uçun qilinayotgan bölsa ajabmas. Xitoy farmkonsernlari tomonidan e'lon qilingan ma'lumotlar ular işlab çiqqan vaksinalar samardorligi ğarblik raqobatçilarnikidan pastroq ekaniga dalolat qilyapti.
Xitoy vaksinalari haqida nimalar ma'lum?












