Farğona şahrida xalq deputatlari viloyat kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötmoqda. Kun.uz muxbiri xabariga köra, sessiyada sektorlar işini tizimli taşkil etmagani va xizmat vazifasini yetarli darajada bajarmagani uçun qator rahbarlar işdan olindi.

Xususan, Quva tumanining 4ta sektor rahbari işdan ketdi - tuman hokimi Ravşan Qurbonov, prokuror Baxtiyor Vahobov, içki işlar bölimi boşliği Elyor Haydamatov, soliq inspeksiyasi boşliği Nosir Maqsudov lavozimidan ozod etildi.

Şuningdek, Özbekiston tumani böyiça 2ta sektor rahbari: hokim Qahramon Jörayev va prokuror Mirvohid Otaboyev, Yozyovon tumani 1-sektor rahbari, hokim Yölçiboy Boyigitov ham işdan olindi.

Qayd etilişiça, bundan buyon 4ta sektor rahbari, viloyat hokimining 7 nafar örinbosari «mahallabay» işlab, aholining muammolarini hal qilişga şaxsan mas'ul va javobgar ekani belgilab qöyildi.

«Öz işini uddalay olmagan rahbarga nisbatan jiddiy xulosa qilinadi va bugungiday lavozimidan ozod etiladi», deya ma'lum qilindi sessiyada.

  • Ma'lumot uçun, Ravşan Qurbonov 2019 yil martidan buyon Quva tumaniga rahbarlik qilib kelayotgandi. Qahramon Jörayev 2017 yilning mayida Özbekiston tumani hokimi vazifasiga tayinlangan, Yölçiboy Boyjigitov muqaddam viloyatning boşqa bir tumani - Uçköprikda hokim bölib işlagan, 2018 yilda boş vazir Abdulla Aripov tomonidan majburiy mehnatga yöl qöyişda ayblanib jiddiy ogohlantiriş olgaç, işdan ketgan, u qaçon Yozyovon tumaniga hokim bölgani haqida ma'lumot yöq.