Oliy Majlis Senatining ön ikkinçi yalpi majlisida Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining tarkibiga özgartişlar kiritiş töğrisidagi masala körib çiqildi.

  • Senat a’zolari Qarşi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori Orifjon Şodiyeviç Bozorov;
  • «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyati ijtimoiy va maişiy masalalar böyiça bölim boşliği Şuhrat Nizomoviç Jörayev;
  • Özbekiston soğliqni saqlaş xodimlari kasaba uyuşmasi Respublika Kengaşining Surxondaryo viloyati böyiça mas’ul taşkilotçisi Muyassar Jumayevna Qodirova;
  • Özbekiston Respublikasi adliya vazirining örinbosari Bahrom Tölqinoviç Köçqorov;
  • Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining örinbosari Zayniddin Mahamatoviç Nizomxöjayev;
  • Jizzax politexnika instituti rektori Alişer Qodirquloviç Usmonqulov;
  • «Özelektroapparat» AJ boşqaruvi raisi maslahatçisi Aleksandr Qosimoviç Farmonov;
  • Xorazm viloyati kasaba uyuşmalari taşkilotlari birlaşmasi kengaşi raisi Ergaş Omonbayeviç Yusupovni Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zolari etib saylaş töğrisida qaror qabul qildi.

Şuningdek, uşbu qaror bilan Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zolari M.E. Abdusalomov, O.Bobojonov, M.A.Jörayeva, J.X.Norov, E.Rajabov, J.Sodikov va E.Xöjaqulovning vakolatlari tugatildi. 

OAV ma’lumotiga köra, endilikda Markaziy saylov komissiyasiga Zayniddin Nizomxöjayev rais böladi, Bahrom Qöçqorov unga örinbosarlik qiladi.

3 fevral kuni Qonunçilik palatasi MSKning 8 nafar yangi a’zolari nomzodini körib çiqqani va ma’qullagani haqida xabar berilgandi.

Bugun Senat yalpi majlisi davomida Markaziy saylov komissiyasining sobiq raisi Mirzo-Uluğbek Abdusalomov Konstitutsiyaviy sud sudyasi etib saylandi.