Alişer Nişanoviç Karimov adliya vazirining örinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

A.Karimov 1978 yilda Andijon viloyati, Xöjaobod tumanida tuğilgan, ma'lumoti oliy, 1999 yilda Toşkent davlat yuridik instituti, 2011 yilda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasini tamomlagan, mutaxassisligi huquqşunos. 

U öz mehnat faoliyatini 1999 yilda Taşqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (hozirgi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi) Yuridik boşqarmasi yetakçi mutaxassisi lavozimida boşlagan.  

A.Karimov turli yillarda Taşqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Taşqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tizimida boş mutaxassis, bölim boşliği, boşqarma boşliği örinbosari va boşqarma boşliği, şuningdek Özbekiston Respublikasining Ukrainadagi elçixonasi maslahatçisi lavozimlarida faoliyat olib borgan. 

Adliya vazirligidagi faoliyatini 2017 yilda Jinoiy, ma'muriy va ijtimoiy qonunçilik boşqarmasi boşliği örinbosari lavozimida işlaşdan boşlagan. 2019 yildan hozirgi vaqtga qadar Adliya vazirligi Qonunçilik boş boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelayotgan edi.

Bundan oldinroq, 2020 yil mayidan buyon adliya vaziri örinbosari bölgan Bahrom Qöçqorov Markaziy saylov komissiyasi raisi örinbosari lavozimiga ötgani xabar qilingandi.