Senat raisi örinbosari Zayniddin Mahamatoviç Nizomxöjayev Markaziy saylov komissiyasining bugun, 5 fevral kuni bölib ötgan yiğilişida MSK raisi etib saylangan. Komissiya matbuot kotibi Hasan Abdurahmonov Kun.uz’ga bu ma'lumotni tasdiqladi.
3 fevral kuni komissiya tarkibi yangilangan, unga 16 yil raislik qilgan Mirzo-Uluğbek Abdusalomovning vakolati tugatilgandi. Öşa kuni Qonunçilik palatasidagi majlisda Markaziy saylov komissiyasining 7 nafar a'zosi vakolatlari tugatilgan, şuningdek, 8 nafar yangi a'zolar nomzodi ma'qullagandi.
Senatning 5 fevral kuni bölib ötgan ön ikkinçi yalpi majlisida parlament quyi palatasi tomonidan ma'qullangan nomzodlar Markaziy saylov komissiyasi a'oziligiga tasdiqlangan edi. Hasan Abdurahmonovning ma'lum qilişiça, komissiyaning içki yiğilişida Zayniddin Nizomxöjayev MSKning yangi raisi, Bahrom Qöçqorov uning örinbosari etib saylangan.

Zayniddin Nizomxöjayev 1954 yilda Toşkent viloyatida tuğilgan. Ma'lumoti oliy, şifokor. «Özbekiston Qahramoni» faxriy unvoni sohibi. U avvalgi çaqiriq Senatning Fan, ta'lim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasini boşqargan edi, 2019 yilgi saylovlardan keyin 2020 yil yanvarida Senat raisi örinbosari etib saylangandi.
Bahrom Qöçqorov esa 1972 yilda Namangan şahrida tuğilgan. Ma'lumoti oliy, huquqşunos, iqtisodçi. 2017 yilda prezident maslahatçisi birinçi örinbosari, 2017−2020 yillarda Davlat ekologiya qömitasi raisi sifatida işlagan. Şu kunga qadar Adliya vaziri örinbosari sifatida işlab kelayotgandi.
Bundan oldinroq MSKning sobiq raisi Mirzo-Uluğbek Abdusalomov Konstitutsiyaviy sud sudyasi etib saylangani xabar qilingandi. MSK raisining sobiq örinbosari Mahmud Istamov esa Buxoro viloyatining prokurori lavozimiga tayinlangan.









