Farer orollarida ğaroyib suvosti avtomobil tunneli barpo etildi – 187 metr çuqurlikda Atlantika okeanidagi ilk aylanma çorraha paydo böldi.

Orollar kiçik – muvaffaqiyatlar katta

Farer orollari 18 oroldan iborat arxipelag bölib, Islandiya va Şotlandiya orasida joylaşgan avtonom sub'yekt. Aholisi 51000 kişi. Orollarning 17tasida odam yaşaydi. Rasman Daniya qirolligi tarkibiga kiradi, lekin 1948 yildan beri Farer orollari davlat masalalari mahalliy darajada mustaqil hal qilib kelinadi.

Yölning eng tikka qismi 5 foizdan oşmaydi

2002 yildan boşlab Farer orollarida bosqiçma-bosqiç suvosti avtomobil tunnellaridan foydalanişga ötilyapti. Bu murakkab va qimmatbaho inşootlar farerliklarning hayotini sezilarli darajada yengillaştiriş va orollar orasidagi harakat vaqtini tezlaştirişga xizmat qiladi.

Streymoy va Esturoya orollari örtasidagi tunnel öziga xos böladi – u uzunligi 11 kilometr bölgan uç asosiy yöldan iborat bölib, Atlantika okeanida 187 metr çuqurlikda joylaşadi. Avtomagistral 2020 yilning 19 dekabrida foydalanişga topşirilgan.

Tunnellarning yangi tarmoği poytaxt Torsxavn va Runavik şahri orasida yölga sarflanadigan vaqtni 74 daqiqadan 16 daqiqaga, ya'ni 4,5 barobarga kamaytiradi. Qöşni orollarga muntazam borib turadigan mahalliy aholi uçun bu judayam katta qulaylik.

180 metrdan ziyodroq suv ostiga kiradigan avtotrassa xavfsizligini ta'minlaş uçun yölning eng tikka joyi 5 foizlik qilindi. Farerda foydalanilayotgan tunnellar 5-6 kilometr uzunlikka ega.

Atlantika bağridagi maşhur aylanma çorrahali tunnellar tarmoği Farer orollarining infratuzilmasiga kiritilgan eng yirik sarmoya böldi. Trassa böylab yuriş pullik böladi – bir tomonga harakatlaniş 10 yevro. Mahalliy aholi uçun arzonlaştirilgan yillik abonoment işlab çiqilgan.