Xitoylik mutaxassislar dunyodagi eng katta suvosti Tszinan-Xuangan tunneli qurilişini yakunladi. New Atlas’ning yozişiça, 3290 metrli tunnel Xuanxe daryosi ostidan, 30 metrli çuqurlikda ötgan.
Qayd etilişiça, suvosti tunneli uzunligi 5755 metrga teng Xuangan-Roud-Kross-Xuan magistralining tarkibiga kiradi. Tunneldan ötadigan olti polosali yangi şosse orqali turli transport vositalari soatiga 60 kilometrgaça tezlikda harakatlanişi mumkin böladi.
Tunnel diametri 17 metrni taşkil etadi — bu uning Buyuk Britaniya va Fransiyani boğlab turuvçi La-Manş ostidan ötgan maşhur Yevrotunneldan ham kattaligini anglatadi (uning diametri 7,6 metrga teng).
Xitoy tunnelining qurilişida dunyodagi eng katta «Şanxe» burğilovçi maşinasidan foydalanilgan — uning balandligi beş qavatli uyniki bilan teng. Maşina 7510 ot kuçiga ega, aylanuvçi momenti esa 35 ming kilonyuton-metrni taşkil etadi.
Quriliş davomida maxsus avtomatik havo yostiqçalari tizimidan foydalanilgan bölib, u bosimni barqarorlaştirişga, konstruksiyani uşlab turiş va suv bosiş ehtimolining oldini olişga yordam bergan.
Tunnel bir vaqtning özida ikkita rekord örnatdi: birinçisi — diametri böyiça, ikkinçisi — quriliş vaqti böyiça. Bu qadar katta loyiha 110 kun içida yakunlandi.











