Islom.uz portali tomonidan taşkil etilgan tanlov ayollar va erkaklar uçun alohida taşkil etildi. Iştirokçilarni jamoatçilik vakillaridan iborat hakamlar hay'ati baholab bordi.
«Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» jome masjidi imom-noibi Hasanxon Yahyo Abdulmajid «Arba'in»ni örganişning ahamiyati haqida töxtaldi.
«Arba'in» – 40talik degani. Unda sahih hadislarning 40tasi jamlanadi. Rasululloh bir hadislarida: «Ummatimdan qaysi birlari hadislarimdan qirqtasini yod olib, boşqalarga yetkazsa, qiyomatda unga şafoatçi bölaman, u faqih ölaroq tiriladi», deganlar.
Butun tarixda ulamolar «Arba'in» yozişga şu hadisdan ilhom olişgan. Ular içida tarjima qilinganlari, nazmiylari ham bor. Abdurahmon Jomiy ham fors tilida «Arba'in» yozdi. Oz fursatdan söng Alişer Navoiy Jomiy tanlagan bu 40 hadisni özbek tiliga tarjima qilib, ularni törtliklar bilan ifodalagan», – dedi Hasanxon Qori.

Tanlovni ötkazişga Özbekiston böylab Alişer Navoiy tavalludining 580 yilligi nişonlanayotgani turtki bölgan bölib, bunda Navoiy ijodi bilan aholini, xususan, yoşlarni yaxşiroq taniştiriş maqsad qilingan.
«Biz ham hissa qöşiş niyatida Islom.uz portali nomidan tanlovni taşkil qildik. Juda ham köp – 2000 nafar iştirokçi xayrixoh bölib, qatnaşiş istagini bildirdi. Ham hadis, ham unga izoh ölaroq yozilgan törtlikni yoddan aytib beriş kerakligini aytganimizda ham salkam 100 nafar qatnaşçi tayyorligini ma'lum qildi. Yana ham quvonarli jihati, iştirok etiş istagini bildirganlarning yarmi – ayollardir.
Asardagi har bir önlikdan bittadan – jami törtta hadis matni va unga Navoiy bitgan törtlik söraladi. Ularni yoddan ifodali aytib bera oliş mahoratiga qarab baholanadi», – dedi Hasanxon Yahyo Abdulmajid Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.
Tanlov ikki yönalişda ötkazildi. Birinçi yönaliş iştirokçilaridan hadislarning özbekça tarjimasi va Navoiyning törtliklarini ifodali öqib beriş söraldi.
Ikkinçi yönalişda esa hadislarning arabça matni va özbekça tarjimasini, hadis roviysini aytiş hamda törtlikni ifodali öqib beriş söraldi.














