Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşi (Turkiy Kengaş) boş kotibi Bağdod Amreyyev boşçiligidagi delegatsiyaning Özbekistonga taşrifi boşlandi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

Ma'lumotlarga köra, taşrif doirasida Turkiy Kengaş boş kotibining Oliy Majlis Senati raisi, Taşqi işlar vazirligi, Qişloq höjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlaniş vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi, Madaniyat vazirligi, Yoşlar işlari agentligi va Futbol assotsiatsiyasi kabi idora hamda taşkilotlarning rahbarlari bilan uçraşuvlari bölib ötişi nazarda tutilgan.

Uçraşuvlar davomida Turkiy Kengaş doirasidagi köp qirrali hamkorlik istiqbollari va umumiy manfaatga ega boşqa dolzarb masalalar muhokama qilinişi kutilmoqda.

Avvalroq, Özbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşi kotibiyatining moliyaviy qoidalari töğrisidagi bitimga qöşilgani ma'lum qilingandi.

Ma'lumot uçun, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşi 2009 yil 3 oktyabrda Ozarboyjon, Qozoğiston, Qirğiziston va Turkiya örtasida imzolangan Naxiçevan bitimi bilan tuzilgan xalqaro hukumatlararo taşkilot hisoblanadi. Taşkilotning asosiy maqsadi qardoş mamlakatlar örtasidagi işonç va aloqalarni mustahkamlaş, savdo, iqtisodiyot, transport, energetika, turizm va madaniy-ma'rifiy sohada hamkorlikni rivojlantiriş, mintaqada tinçlik va xavfsizlikni ta'minlaş sa'y-harakatlarini muvofiqlaştirişdan iborat.

Özbekiston 2019 yil sentyabrda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşini tuziş töğrisidagi Naxiçevan bitimini ratifikatsiya qilgan.