Vazirlar Mahkamasining “Özboşimçalik bilan qurilgan imoratni aniqlaş hamda bartaraf etiş (buzib taşlaş)ni taşkil etiş tartibi töğrisidagi nizomga qöşimçalar kiritiş haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Qayd etilişiça, Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi huzuridagi Köp xonadonli uy-joy fondidan foydalanişni nazorat qiliş inspeksiyasi (“Uyjoyfondinspeksiya”) köp kvartirali uy-joy fondini saqlab turiş va ulardan foydalaniş sohasida vakolatli organ hisoblanib, uning zimmasiga köçmas mulk egalarining binolarni özboşimçalik bilan özgartirişiga yöl qöymaslik çoralarini körişga oid vazifalar yuklatilgan.

Bildirilişiça, bugungi kunda “Uyjoyfondinspeksiya” respublikadagi 1,2 mln.dan ortiq xonadon joylaşgan 37,0 mingdan ziyod köp kvartirali uylarda yaşayotgan 5,0 mln.ga yaqin köçmas mulk egalarining uy-joy fondi va unga tutaş hududlarni özboşimçalik bilan özgartirişiga yöl qöymaslikka oid çoralar körib boriş işlarini amalga oşirmoqda.
 
Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda “Uyjoyfondinspeksiya”ga köçmas mulk egalarining binolarni özboşimçalik bilan özgartirganlik holatlari böyiça aniqlangan huquqbuzarliklarni faqat majburiy körsatma beriş yoki sudlar orqali bartaraf etiş huquqi berilgan. Biroq, fuqarolik işlari böyiça sudlarga taqdim etilayotgan uşbu mazmundagi materiallar yuzasidan inspeksiya davlat boji tölovini amalga oşirmagani aniqlangan noqonuniy qurilmalarni joyida bartaraf etişga salbiy ta'sir körsatib kelmoqda, deyiladi loyihada.

Yuqorida qayd etilgan muammolarni hal etiş, köp kvartirali uylarni saqlaş va ulardan foydalaniş sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olişga kömaklaşiş yöli bilan uy-joy fondlari texnik xavfsizligini ta'minlaş işlarida “Uyjoyfondinspeksiya”ning rolini yanada oşiriş maqsadida Vazirlar Mahkamasining 467-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Özboşimçalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlaş hamda bartaraf etiş (buzib taşlaş)ni taşkil etiş tartibi töğrisida”gi nizom 4-bandidagi “Özboşimçalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlaş hamda ularni bartaraf etiş (buzib taşlaş)ni taşkil etiş sohasidagi vakolatli davlat organlari röyxati”ga Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi huzuridagi “Uyjoyfondinspeksiya” va uning hududiy inspeksiyalarini ham kiritiş zaruriyati tuğilayotgani aytiladi.

Ma'lum qilinişiça, Vazirlar Mahkamasining uşbu qarori loyihasidagi takliflar ma'qullanişi “Uyjoyfondinspeksiya”ga noqonuniy qurilmalarni bartaraf etiş yuzasidan töğridan töğri fuqarolik sudlariga da'vo arizalari kiritiş huquqini beradi. Şuningdek, aniqlangan huquqbuzarliklarning sud qarorlari asosida bartaraf etilişi işlarini yanada jadallaştiriş orqali joylarda uy-joy fondini saqlaş va undan oqilona foydalaniş sohasida joy mulkdori şaxsiy mas'uliyatini oşiriş yöli bilan kelgusida turar joylarning zilzilabardoşligi yöqolişi, uylarning taşqi ta'sirlarga çidamsiz bölib qolişi, fuqarolar hayoti, soğligi va moddiy qimmatliklarining xavf ostida qoldirişi oldi olinadi.