Toşkent şahrida noqonuniy qurilma va inşootlar demontaj qilinmoqda. Bu haqda şahar hokimligi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, joylarda piyodalar uçun möljallangan yöllarning qulayligi tahlil qilingan.
“E’tiborni tartibsiz, yagona uslubsiz va köp hollarda tegişli şahar xizmatlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalarsiz qurilgan binolar tortdi. Yöllar böylab joylaşgan bu binolar aholi uçun xavf tuğdiradi, masalan, ularning aksariyatida töxtaş joylari va yölaklari yöq, ular piyodalar yölaklariga çiqib ketgan tarzda taşkil etilgan. Şunday qilib, haydovçining bir daqiqalik xarid qiliş jarayoni boşqa haydovçilar uçun ham, piyodalar uçun ham sezilarli noqulaylik va xavf tuğdiradi, deyiladi hokimlik xabarida.
Qayd etilişiça, ayni paytda tahlil natijalari asosida tegişli şahar xizmatlari tomonidan noqonuniy qurilma va inşootlarni demontaj qiliş işlari boşlanmoqda.
Hokimlik Toşkent şahri hududida maişiy va tijorat binolariga ega bölgan poytaxt aholisini hujjatlarning şaharsozlik me’yorlariga muvofiqligini yana bir bor sinçiklab tekşirişga, uşbu turdagi köçmas mulkni xarid qilişda ehtiyotkor bölişga çaqirgan.
















