Toşkent şahrida tegişli tahlillar ötkazilib, ixtisoslaştirilgan xizmatlar tomonidan noqonuniy bino va inşootlarni demontaj qiliş işlari boşlandi.
Bu haqda ma’lum qilgan şahar hokimligiga köra, bu binolardan foydalangan tadbirkorlarga qonuniy asosda öz faoliyatini davom ettiriş uçun şaroit yaratiladi.
“Amaliyot va tahlillar körsatganidek, şahar hokimligi va tegişli xizmatlarning ruxsatisiz, yöllar böylab qurilgan binolar aholi uçun xavf tuğdiradi, ya’ni ularda avtoturargoh va töxtaş yöli yöq, bu esa haydovçining bir daqiqalik xaridi orqasidan boşqa haydovçilar va piyodalar uçun sezilarli noqulaylik va xavfga sabab böladi”, – deya izohlagan poytaxt ma’muriyati.
Hokimlik şahardagi maişiy va tijorat binolarining mulkdorlarini tegişli hujjatlarning şaharsozlik me’yorlariga muvofiqligini yana bir bor sinçiklab tekşirişga çaqirdi.
“Şuningdek, uşbu turdagi mulkni sotib olayotganda ehtiyot bölişingizni va yuridik xizmat kompaniyalari bilan maslahatlaşişingizni söraymiz. Toşkent şahar kadastr xizmatlari tomonidan beriladigan hujjatlardan taşqari, bino va inşootlar uçun hujjatlarning muqobil turlari mavjud emas.
Potensial xaridning barça tafsilotlarini aniqlaştiriş uçun vakolatli organlarga şaxsan yoki onlayn davlat xizmatlari orqali murojaat qiling”, – deyiladi Toşkent şahar hokimligi e’lonida.
Qayd etilişiça, bu borada ma’lumot oliş uçun şahar hokimligi matbuot xizmatiga 71 210 01 63 telefon raqami yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat qiliş mumkin.

















