Ijtimoiy tarmoqlarda noqonuniy uy-joylar uçun kadastr hujjatlarini tayyorlaşda «aksiya» bölişi kutilayotgani töğrisidagi xabarlar tarqalişi ortidan, yerlarni özboşimçalik bilan noqonuniy egallab oliş va quriliş işlarini tezkor boşlab yuboriş holatlari köpaygan. Bu haqda Kadastr agentligi matbuot xizmati rahbari Ne’mat Otamurodov ma’lum qildi. 

«Kadastr hujjatlarini tayyorlaşda «aksiya» bölişi kutilayotgani töğrisidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda juda köp tarqalyapti. Bu xabarlarga biroz tuzatiş kiritiş kerak. Sababi, xabarlarda kadastr hujjatlarini tayyorlaş jarayoni «aksiya» deb nomlanyapti. Aslida aksiya emas», dedi u. 

Qayd qilinişiça, prezident boşçiligida 27 oktyabr kuni ötkazilgan yiğilişda 2,4 millionta xonadonning egalik hujjati yöqligi, agar ularning kadastr hujjati qilinsa, odamlarga huquqiy, iqtisodiy jihatdan yordam bölişi aytilgan. Şu bois, hujjatsiz uy-joylarga egalik huquqini beriş böyiça qonun loyihasini işlab çiqiş topşiriği berilgan. Otamurodovning ta’kidlaşiça, «bugungi kunda qonun loyihasi işlab çiqilyapti». Kadastr hujjatlarini tayyorlaş uçun arizalar qança muddatda körib çiqilişi va tölov miqdori qança bölişi faqat qonun qabul qilinganidan keyin ma’lum böladi. 

Otamurodov sözlariga köra, ijtimoiy tarmoqlarda şunday mazmundagi xabarlar tarqalgaç, hududlarda yerlarni noqonuniy egallab, tezkor quriliş qilayotganlar uçramoqda. 

«Ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqalganidan keyin, aholi örtasida «uddaburonlar» köpaydi. «Tezkor imorat qurib olib, bu uyni 5-10 yil oldin qurganman deb iddao qilsam, hujjatlaştirib olaman», deb öylab yurgan bölişi mumkin. Oçiğini aytganda, ular xato öylamoqda. Sababi, Kadastr agentligi tomonidan yerlarning holatini örganiş böyiça kosmik s’yomkalar, xaritalar bor. Ular yordamida 5-10 yil, hatto 20 yil oldingi holatni körib, tekşiriş mumkin», dedi u. 

Otamurodovning ta’kidlaşiça, bu jarayonda insonlar öziga zarar berişi mumkin. Çunki, yerlarni özboşimçalik bilan egallab oliş, u yerga noqonuniy bino quriş uçun qonunçilikda ma’muriy javobgarlikdan, jinoiy javobgarlikkaça çoralar belgilangan.