Vazirlik xabariga köra, institut moddiy-texnik bazasining ahvoli, auditoriyalarning jihozlanişidan tortib talaba-yoşlarga sifatli ta'lim oliş uçun zarur şaroitlar yaratilmagani, şuningdek, uşbu muammolarni bartaraf etiş uçun institutda moliyaviy imkoniyat bölsa-da, rahbarlar tomonidan taşabbus körsatilmasligi vazir e'tiroziga sabab böldi. 

“Vazir institut faoliyati bilan tanişar ekan, bir qaraşda körinib turgan masalalar: kafedralardagi aksariyat kompyuterlar yaroqsiz holga kelib qolgani, axborot resurs markazi 2013 yildan buyon talab darajasida adabiyotlar bilan yangilanmagani, qariyb ön yil oldingi öquv reja va dasturlardan foydalanilayotgani, rektordan boşlab qolgan barça rahbarlar esa bu muammolarni körmaganini keskin tanqid qildi”, - deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, Qöqon davlat pedagogika instituti rahbariyatiga institutdagi mavjud vaziyatni yaxşi tomonga özgartiriş uçun bir oy muhlat berildi.