Özbekiston 2020 yilda qiymati 8,6 million AQŞ dollariga teng bölgan 7,1 ming tonna limon eksport qilgan. Bu haqda Davlat statistika qömitasi ma'lumot bergan.
2020 yil mobaynida Özbekiston eng köp limon eksport qilgan davlatlar:
- Rossiya – 3,4 ming tonna;
- Qozoğiston – 2,1 ming tonna;
- Qirğiziston – 1,5 ming tonna;
- Afğoniston – 87,7 tonna;
- Ukraina – 20,6 tonna.
Hududlar kesimida eng köp limon Andijon (500,3 tonna), Xorazm (414,8 tonna) va Surxondaryo (392,5 tonna) viloyatlaridan eksport qilingan. Mos ravişda eng kam limon eksporti Namangan (ming tonna), Toşkent (1,3 tonna) va Farğona (2 tonna) viloyatlariga töğri kelgan.
Avvalroq, 2020 yilning yanvar-dekabr oylari davomida qişloq, örmon va baliqçilik xöjaligida umumiy qiymati 260,3 trillion sömlik mahsulot işlab çiqarilgani va 2019 yilning mos davriga nisbatan 3 foizga ösiş kuzatilgani haqida ma'lumot berilgan.










