«FONON» zargarlik zavodi – katta qismi «Asakabank» tomonidan ajratilgan mablağ hisobiga moliyalaştirilgan. U Markaziy Osiyodagi eng yirik zavod sifatida iş boşladi. Loyihaning umumiy qiymati 28,3 million yevro, uning 19 million yevrosini «Asakabank»ning mablağlari taşkil qiladi. Zavodda hozir 250 dan ortiq odam işlamoqda, töliq quvvatda işga tuşişi bilan 400 işçi band bölişi rejalaştirilgan.

9 fevral kuni «Asakabank» AJ tomonidan OAV vakillari uçun «FONON» zavodiga press tur taşkil etildi. Press turda jurnalistlar zargarlik buyumlari işlab çiqarişning töliq zanjiri bilan tanişiş imkoniga ega böldi.

Özbekiston oltin sanoati sohasida katta imkoniyatlarga ega. Mamlakat oltin zaxiralari böyiça dunyoda 4-örinni va oltin qazib oliş böyiça 7-örinni egallab turibdi. Bu tendensiyani töğri anglagan holda «Asakabank» AJ oltin işlab çiqariş sanoatini rivojlantiriş maqsadida «FONON» brendiga mablağ ajratdi.

«FONON» brendi 2020 yilda «Gold Moon Tashkent» MÇJ tomonidan yaratilgan, loyiha «Asakabank»ning yirik moliyaviy loyihasi hicoblanadi. Uşbu brend ostida noyob zargarlik san'ati asarlari italyan va boşqa yetakçi xorijiy texnologiyalar asosida işlab çiqariladi.

Loyihaning umumiy qiymati 28,3 million dollar, uning 20,8 million dollarini «Asakabank»ning kredit mablağlari taşkil qiladi.

«Bank tomonidan ajratilgan mablağ korxonaning işlab çiqariş, ma'muriy va savdo bölimlarini rekonstruksiya qiliş uçun sarflangan», – deya ma'lumot berdi «Asakabank» vakili Aziz Mannonov.

«Asakabank» vakili Aziz Mannonov

«Zavodda dunyoning eng ilğor texnologiyalaridan foydalaniladi...»

«Gold Moon Tashkent» MÇJ rahbari Jasur Ruzayevning press tur davomida ma'lumot berişiça, zavod eng zamonaviy usulda jihozlangan, texnologiyalarning 95 foizi Italiya davlatidan keltirilgan.