Prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida «Yoşlarni qöllab-quvvatlaş va aholi salomatligini mustahkamlaş yili»dagi rejalaştirilgan vazifalar böyiça selektor ötkazilmoqda. Tadbirda barça vazirliklar, viloyatlar rahbarlari iştirok etmoqda.

Kun.uz muxbiri xabar berişiça, davlat rahbari yana bir bor majlisbozliklarni kamaytiriş zarurligi haqida gapirgan.

 «Davlat dasturi böyiça menga xalqimizdan kelib tuşgan 2 mingdan ortiq takliflarni olib kelişdi. Men bundan juda xursand böldim. Çunki xalqimiz öyğonmoqda.

Har qança qiyin bölmasin, joriy yilda 500 ming nafar yoşlar va 200 ming ayollarni iş bilan ta'minlaş hamda «temir daftar»ga kirgan 300 ming nafar kişini kambağallikdan çiqariş lozim.

Agar barça topşiriqlarga qunt bilan, aql va sadoqat bilan yondaşilsa, hammasini bajarsa böladi.

Şu bilan birga, 33ta «qizil» tuman va oğir ahvoldagi 970ta mahallaning yöli, içimlik suvi va elektr ta'minoti, irrigatsiya tarmoği yaxşi bölişini, daromad manbalari köpayişini odamlar kutyapti.

Biz bu yil marrani juda katta olyapmiz. Nima uçun?

Avvalo, köpni körgan, qiyinçiliklarda toblangan mard va matonatli xalqimizning buyuk bunyodkorlik salohiyatiga, ötgan davrda yaratilgan iqtisodiy poydevorga işonib, mana şunday ulkan reja va vazifalar ijrosiga kirişmoqdamiz.

Buni men pandemiya boşlanganda, 2020 yil 15 martdayoq aytganman. Temir intizom kerak. Har qanday majlisbozlikni yiğiştiriş kerak. Yiğilişlarni faqat mahallalarda ötkazinglar, xalq bilsin.

Boş vazirga topşiriq – mahalla raislari va uçastka nozirlarini hokimiyatga majlisga çaqiriş qat'iyan taqiqlanadi.

Bu «uçastkovoy»larga boşliq bölmagan odamning özi yöq ekan. Içki işlar tizimi masalasini özi yaqin orada alohida körib çiqamiz», deya prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.