Şuningdek, közdan yoş sizdiruvçi gaz va vodomyotlar qöllangan.

Xorijiy muxbirlarning voqea joyidan xabar qilişiça, politsiya bilan töqnaşuvlardan keyin bir neça kişi tan jarohti olib, şifoxonaga yotqizilgan.

 Yangi hukumatning taqiqlariga qaramay, Neypido va Myanmaning boşqa yirik şaharlari - Yangon va Mandalayda qatorasiga törtinçi kundirki norozilik namoyişlari davom etmoqda.

Voqealar qanday rivoj topdi?
Duşanba tongida Neypido politsiyasi ilk bor namoyişçilarga qarşi suv töplarini işga solgandi.

Şu kuni keçqurun 1 fevral voqealaridan keyin özini davlatning yangi rahbari deb e'lon qilgan qurolli kuçlar boş qömondoni Min Aung Hlain davlat telekanali efirida çiqiş qilib, heç kim qonundan ustun turmasligini aytgan, şu bilan birga, töğridan töğri tahdid qilişdan tiyilgandi. Undan keyin ekranda paydo bölgan boşlovçi esa «qonunbuzarlarga nisbatan tegişli çoralar körilişi kerakligi»ni aytgandi.

Seşanba kuni tongida Neypidoda politsiya yana suv purkagiçlarni işga soldi. Ammo olomon çekinmadi va «Yöqolsin diktatura!» deya hayqirdi. Şunda politsiyaçilar, Reuters agentligi xabariga köra, havoga bir neça öq uzişgan, keyin olomonga qarata rezinali öqlar otilgan.

Mahalliy aholi vakillaridan biri «Frans press» muxbiriga ikki bor ogohlantiriş öqlari uzilganini aytib ötgan.

Poytaxtdagi gospital xodimi, öz şaxsi sir saqlanişi şarti bilan BBC Birma xizmati muxbiriga uning oldiga ikki kişini olib kelişgani, ulardan biri boşidan, ikkinçisi kökragidan jarohat olgani haqida aytib bergan. Ular qanday holatda jarohatlanişgani noma'lum qolgan.

Boşqa bir vraç Reuters agentligiga körinişidan rezina öqdan jabrlangan uç kişiga tibbiy yordam körsatganini aytib ötgan.