«Bunçalik yomon şaroitni tasavvur qilmagandik» - Migratsiya agentligi BAAga yuborgan vatandoşlar lageridan reportaj
|23:59 / 10.02.202134 4808 min
Birlaşgan Arab Amirliklariga ijodiy safar qilgan Kun.uz muxbirlari Şarja amirligidagi vatandoş muhojirlar murojaatini örgandi. Bu yerga işlaş uçun, Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali kelgan vatandoşlarning yaşaş şaroiti havas qilgudek emas, berilgan va'dalar esa qoğozda qolgan.
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
2020 yil dekabrida Mehnat vazirligi huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi 13 nafar fuqaroni vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun BAAga yuborgan.
«Dubay aeroportiga qönar ekanmiz, barçamizning kayfiyatimiz yaxşi edi, lekin aeroportdan çiqib, avtobusda Şarja amirligi hududida joylaşgan işçilar yotoqxonasiga kelganimizda u yerdagi ayançli manzarani körib, özimizni qamoqxonaga kelgandan ham yomonroq his qildik», – deydi mehnat muhojiri S.B. Kun.uz bilan suhbatda.
Mahalliy aholi tilida Labour Camp («mehnat lageri») deb ataladigan bu ikki qavatli binolardagi şaroit çindan ham abgor.
Taxminan 6 metr kvadrat xona 8 kişi uçun möljallangan. Ya'ni har bir xonada 4ta ikki qavatli krovat joylaştirilgan, kiyim-keçak va boşqa buyumlarni saqlaş uçun heç qanday javon yöq, ovqatlaniş ham ana şu xona markazidagi stolda keçadi.
Hojatxonadagi köp eşiklar qulflanmaydi, duş qabul qiliş kabinalarida suv yöq, suvi bor kabinalarda esa duş obdastasi bölmagani tufayli çelakka suv töldirib çömilişga töğri keladi.
Lagerdagi oşxonalarning ham ahvoli xarob.
Oşxonadagi barça anjomlarni, jumladan peçka va gaz ballonlarini yoğ va çirk bosgan. Har yerda ovqat qoldiqlari, suvarak va boşqa mayda haşarotlar. Butun lager hududidan ovqatning boşqa badböy hidlar bilan qorişgan yoqimsiz isi ufurib turadi.
Mavzuga oid
Mehnat lagerida asosan Hindiston, Pokiston, Bangladeş, Nepal va Afrika mamlakatlaridan kelganlar istiqomat qilişadi.
«Eng qörqinçlisi – bu yerda boşqaruv degan narsa umuman yöq: lagerda taxminan 500 kişi tursa, har kim öz bilganini qiladi. Kimdir oşxonada tirnoğini yoki soçini oladi, kimdir qöl yuvadigan joyda yuvinadi, kimdir yuviniş xonasini bulğab ketadi. Buni esa heç kim nazorat qilmaydi!» – deydi vatandoş.
Unga köra, lager hududidagi kanalizatsiya quvurlarining hajmi kiçik bölgani sababli ular tez tölib qoladi, natijada kunora tozalaşga töğri keladi, atrofga badböy is taraladi.
«Biz security guard, ya'ni qöriqlaş xizmatida işlaş uçun kelganmiz. Işimiz 12 soat, yölga esa 2 soatdan oşiq vaqt ketadi, kompaniya avtobusi olib borib keladi. Camp'ga kelganimizdan keyin tez-tez ovqatlanib, boşqa işlarimizni bitirmasak uyquga yetarliça vaqt qolmaydi.
Işimizdan nolimaymiz, lekin turar joyimizdagi bunday dahşatli şaroitlar tuşimizga ham kirmagan edi.
Bu iş haqidagi e'lonni biz Taşqi mehnat migratsiya agentligining Telegram-kanalida körib, agentlikka murojaat qilgan edik. E'londa barça sarf-xarajatlar, jumladan aviaçipta ham iş beruvçi tomonidan ta'minlanişi körsatilgan edi, lekin çiptalarni ham özimiz sotib oldik.
Eng açinarlisi – biz kelayotgan joyning şaroitlari bilan tanişiş uçun rasmlarini söraganimizda, agentlikdagilar bizga körsatişmagan», – dedi S.B.
S.B.ning aytişiça, şartnomada işçi va iş beruvçidan («Saned») taşqari uçinçi tomon ham bor, bu – AS Unique Human Resourses agentligi. Har bir işçi agentlikning xizmatlari uçun 1680 dirhamdan (taxminan 455 AQŞ dollari) tölaşi kerak. Tölovning teng yarmi BAAga yetib borganda, qolgan yarmi birinçi oylikni olganda deb belgilab qöyilgan.
«Nega boşqa agentlik aralaşyapti, axir özingiz ham agentliksiz-ku deb söraganimizda: «Xavotir olmang, siz bu agentlikka bekorga pul tölamayapsiz. Töğri, işni özimiz ham topişimiz mumkin edi, lekin biz topgan iş işonçli böladimi-yöqmi – noma'lum. Bu agentlik topgan işning yaşaş şaroitlari zör böladi, oyliklar ham öz vaqtida beriladi», deb javob berişdi.
Agar iş yoqmasa, kompaniyaning bizga qilgan xarajatini qoplab, şartnomani muddatidan avval bekor qilişimiz mumkinligini bildirişdi. Kompaniya bizga qança xarajat qildi deb söraganimizda: «Uzoği 200–300 dollar, axir deyarli barça xarajatlarni özingiz qilyapsiz-ku», deb javob berişdi.
Oyligimiz 435 dollar ekan. Iş yoqmasa, bir oylik daromadimizdan keçib, şartnomani bekor qilib, boşqa iş topamiz, deb işongan edik. Lekin bu yerga kelganimizda pasportlarimizni olib qöyişdi, şartnomani muddatidan avval bekor qiliş uçun esa 800 dollar talab qilişdi», – dedi S.B.
Biz lager hududida intervyu olarkanmiz, yonimizga ikki kişi kelib, söroqqa tuta boşladi.
Ikki kişi kelib, lagerning xavfsizlik xizmatidan ekanliklarini aytişdi. Kameralarimizni zudlik bilan öçirib, olgan tasvirlarimizni öçirib taşlaşimizni talab qilişdi.
Bizdan lager hududida tasvirga oliş uçun qayerdan ruxsat olganimizni söraşdi. Tasvirga olişni taqiqlovçi biror belgi yoki yorliq körmaganimizni aytdik.
Pasport va guvohnomamizni rasmga olişdi va e'tiborlisi, agar internetda biror nima çiqaradigan bölsak, bizga nisbatan çora körilişini aytib, bizni qöyib yuborişdi.
Ma'lum bölişiça, bu voqeadan keyin intervyu bergan özbekistonlik ikki yigitni işga çiqarişmagan va bir neça kundan keyin işdan böşatişgan.
«Sizlar ketganlaringdan keyin: «Bu yerning lokatsiyasini jurnalistlarga kim yubordi, ular qanday topib kelişdi?» deb bizni söroq qilişdi. Ularni ham qandaydir vahima bosgan edi.
Avvaliga bizni işga çiqarişmadi, bir neça kundan keyin esa 24 kunlik oyligimizni berib, işdan böşatişdi. Endi bizni işga joylagan rekruting agentligiga qolgan 230 dollarni tölasak, pasportimizni qaytarib berişar ekan.
Biz-ku qutulib oldik hisob, lekin u yerda qolgan yurtdoşlarimiz hamon azobda. Kompaniya ularning muhojir vizalarini qildirib bergani uçun 800 dollarsiz pasportlarini qaytarib bermaydi. Biz esa endi turistik viza bilan Dubayda iş qidiramiz», – deydi S.B.
Vaziyat yuzasidan izoh oliş maqsadida Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan boğlandik.
«Bizga agentlik (AS Unique Human Resourses) tomonidan işçilar yotoqxonada turli millat vakillari bilan turişi va qança oylik olişi kabi ma'lumotlar berilgan edi, lekin yotoqxonaning rasmlari körsatilmagan. Bilasiz, Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi juda ham köplab vatandoşlarimizni xorijga mehnat safariga yuboriş bilan şuğullanadi, bu vaziyatda har bir joyning şaroitlari bilan rasm va videolar orqali tanişiş qiyin.
Özbekistonda köpçilik mana şu kompaniyaning suhbatlaridan muvaffaqiyatli ötgandi, lekin oylik maoşi kamligi sabab işlaşga ketmadi. Bizning mutaxassislarimiz ham yurtdoşlarimizni bu kompaniyada işlaş fikridan qaytarişga harakat qilişgan, lekin baribir ana şu 13 kişi şaroitlarga rozi bölib işlaşga ketişgan», – dedi Migratsiya agentligi axborot xizmati rahbari Ortiqxöja Norov.
Nega töğridan töğri iş beruvçi bilan emas, balki uçinçi tomon, ya'ni AS Unique Human Resourses orqali şartnoma tuzildi, degan savolga Norov quyidagiça javob berdi:
«Öşa paytda boşqa yöl bölmagani sababli ana şu agentlik bilan şartnoma tuziş eng ma'qul yöl deb topilgan. Aslida bu kabi uç tomonlama şartnomalar bunday işlarda odatiy hol. Albatta, bu degani endi ular şunday şaroitlarda yaşaşda davom etadi degani emas, imkoniyat darajasida şartnomalarni qayta körib çiqamiz, vaziyatni örganamiz».
Xizmat safarimizni yakunlab vatanga qaytdik, ammo özga yurtda, abgor şaroitlarda qolayotgan vatandoşlarimiz haqidagi öylar bizni tark etganiça yöq.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi masala ijobiy hal etilişini jiddiy nazoratga olişiga umid qilamiz. Şu bilan birga, Özbekistonning Dubaydagi Boş konsulxonasidan bu kabi muammolarga e'tiborliroq bölişni sörab qolamiz.