Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining «Buxoroda psixologiya va xorijiy tillar universitetini taşkil etiş töğrisida»gi qarori loyihasi muhokamaga qöyildi.

Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yönalişlari etib belgilanadi:

  • Universitetda Özbekiston va dunyoning nufuzli xorijiy oliy ta'lim muassasalarining innovatsion dasturlarini joriy etiş;
  • respublika iqtisodiyoti real sektorlari tarmoqlarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda yuqori malakali oliy ma'lumotli mutaxassislarni tayyorlaş;
  • xorij va Özbekistonning ilğor oliy ta'lim muassasalari va ilmiy-amaliy psixologiya maktablari bilan hamkorlik asosida tajriba almaşiş dasturlarini amalga oşiriş; 
  • öquv rejalariga zamonaviy fanlarni kiritib boriş, innovatsion hamda ilm-fanga asoslangan texnologiyalarni tatbiq qiliş;
  • ta'lim jarayoniga yetakçi xorijiy oliy ta'lim muassasalarining malakali professor-öqituvçilari, olim va mutaxassislarini jalb qiliş; 
  • ta'lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, ilm-fan va texnikaning yangi yutuqlarini joriy etiş; 
  • professor-öqituvçilar malakasini oşiriş va qayta tayyorlaş, şu jumladan ularning stajirovkasini nufuzli xorijiy oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida taşkil etiş; 
  • aholining turli qatlamlariga va mehnat jamoalariga şartnomalar asosida psixologik xizmatlar körsatiş. 

Universitetga har yili ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli, iqtidorli hamda özlaştiriş körsatkiçlari yuqori bölgan farzandlari tanlov asosida bepul öqişga qabul qilinadi. Universitet granti asosida öqişga tavsiya qilinadigan bu toifa abituriyentlar ajratilgan kvotaning 10 foizidan kam bölmagan qismini taşkil etadi. 

Universitetda öqitiş Özbekistonda amalda mavjud ta'lim şakllari hamda özbek, rus va ingliz tillarida tölov-kontrakt asosida amalga oşiriladi. Xususiy OTMda bakalavriat ta'lim yönalişida 9ta, magistratura yönalişida 6ta mutaxassislik böyiça talabalar tahsil oladi. 

Bakalavriat ta'lim yönalişlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul parametrlari hamda tölov-kontrakt miqdori ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi yuqori malakali mutaxassislarga bölgan ehtiyojdan hamda Universitetning moddiy-texnik imkoniyatidan kelib çiqqan holda muassis tomonidan tomonidan belgilanadi.