Hukumat qarori bilan Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosiga bosqiçma-bosqiç töliq ötişni ta'minlaş böyiça «yöl xaritasi» tasdiqlandi. Kun.uz’ga yetib kelgan hujjat matniga köra, quyidagi işlar amalga oşirilişi belgilanmoqda:
- Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosiga bosqiçma-bosqiç töliq ötişni ta'minlaşga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini işlab çiqiş;
- Lotin yozuvidagi özbek alifbosining yangi tahriri asosida «Özbek tilining imlo qoidalari»ni tasdiqlaş böyiça Hukumat qarori loyihasini işlab çiqiş;
- Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylaştiriş uçun taqdim qilingan loyihalarni davlat tili qoidalariga muvofiqligi, şuningdek, lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosida tayyorlanganligi tekşirilgandan keyin muhokamaga çiqariş;
- Rasmiy veb-saytlar lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosiga töliq ötkazilişini ta'minlaş.
Şuningdek, quyidagilar lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosida bölişi ta'minlanadi:
- şaxsni tasdiqlovçi guvohnomalar, ID-kartalar, fuqaroligi bölmagan şaxs hamda çet davlat fuqarolarining yaşaş guvohnomalari;
- iş qoğozlari, turli blanklar;
- mamlakatimizdagi joy, köça, atamalar, taşkilotlarning nomlari, peşlavhalar, ommaviy tarğibot vositalari, reklama va e'lonlar.
Bundan taşqari, markaziy, mahalliy bosma va elektron OAV, internet saytlari, naşriyotlar, matbaa korxonalari faoliyati töliq lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosiga ötkaziladi.
Şu bilan birga, 2023 yil 1 yanvardan boşlab barça taşkilotlarda iş yuritiş hujjatlari va boşqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosida işlab çiqiş, qabul qiliş va e'lon qiliş amaliyoti töliq joriy qilinadi.











