Bugun, 5 iyul kuni toşkentlik saylovçilar bilan uçraşgan Şavkat Mirziyoyev lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştiriş işlari oxirigaça yetkazilişi kerakligini aytdi.

“Mana, keyingi paytda özbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oşiriş böyiça katta işlarni amalga oşiryapmiz.

Ayni paytda oldimizda yangi, yanada muhim vazifalar turibdi. Jumladan, ziyolilarimiz, keng jamoatçiligimiz bilan bamaslahat, lotin yozuviga asoslangan alifbomizni takomillaştiriş böyiça işlarni yakuniga yetkazişimiz zarur”, – deya prezidentlikka nomzodning sözlarini keltirdi bloger Xuşnudbek Xudoyberdiyev.

Eslatib ötamiz, 2021 yil noyabrda Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetida özbek tilşunos olimlarining lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini isloh qiliş böyiça yakuniy va hal qiluvçi yiğilişi bölib ötgan edi.

Unda mutaxassislar qator muammolarni keltirib çiqarayotgani sabab alifbodagi o‘, g‘, sh, ch, ng harflarini bitta belgi bilan ifodalaş kerak degan qarorga kelgan va şu qaror asosidagi hujjat loyihasi Qonunçilik palatasiga kiritiladigan bölgandi. Lekin bu taklif borasidagi keyingi amaliy qadamlar taşlanmadi.

Alifboni takomillaştiriş böyiça yakuniy takliflar

Şuningdek, öşa yili Vazirlar Mahkamasi lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosiga bosqiçma-bosqiç töliq ötişni ta’minlaş böyiça «yöl xaritasi» tasdiqlangan edi.

Unda belgilangan qator vazifalar, xususan tegişli normativ-huquqiy hujjatni işlab çiqiş topşiriği ijrosi yuzasidan ayni paytgaça ma’lumot berilmadi.