Prezident Şavkat Mirziyoyev davlat dasturida rejalaştirilgan vazifalar böyiça ötkazilayotgan selektorda yillar davomida muammo bölib kelgan xususiylaştiriş va işsizlik masalalariga alohida töxtaldi.

«Viloyat va tuman hokimlari tomonidan dehqonçilik bilan şuğullaniş istagida bölgan yoşlarga suğoriladigan yerlardan 10 sotixdan 1 gektargaça yer ajratiş boşlandi. Uşbu jarayonlarda adolat va halollik boş mezon bölişi, buni Boş prokuror Yöldoşev şaxsan nazoratga olişi zarur.

  • Bunda, joriy yilda Kamalov (Qoraqalpoğiston) – 72 ming nafar, Abdurahmonov (Andijon) – 220 ming, Zaripov (Buxoro) – 82 ming, Soliyev (Jizzax) – 131 ming, Z.Mirzayev (Qaşqadaryo) – 162 ming, Tursunov (Navoiy) – 60 ming, Abdurazzoqov (Namangan) – 200 ming, Turdimov (Samarqand) – 160 ming, Bobolov (Surxondaryo) – 85 ming, Ğ.Mirzayev (Sirdaryo) – 62 ming, D.Hidoyatov (Toşkent) – 110 ming, Bozorov (Farğona) – 240 ming, Ermanov (Xorazm) – 75 ming nafar fuqarolar bandligini ta'minlaydi.

Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida ajratilayotgan 6 trillion sömlik kreditlardan samarali foydalaniş maqsadida tijorat banklari rahbarlari joriy yil 1 martga qadar joylarda yangi «mahallabay işlaş» tizimini yölga qöyiş orqali har bir mahallaning «ösiş nuqtalari»dan kelib çiqib, tadbirkorlik salohiyatini oşiriş dasturini tasdiqlasin.

Samarqandga – 625 mlrd söm, Namangan va Farğonaga – 550 mlrd sömdan, Andijon, Qaşqadaryo, Surxondaryo, Xorazmga – 500 mlrd sömdan, Qoraqalpoğistonga – 440 mlrd söm, Buxoro va Toşkent viloyatiga – 400 mlrd söm, Navoiy va Jizzaxga – 300 mlrd söm, Sirdaryoga – 270 mlrd söm, Toşkent şahriga – 180 mlrd söm ajratiladi.

[Boş vazir örinbosari] Qöçqorov, [Davlat aktivlarini boşqariş agentligi rahbari] Ortiqov mart oyi yakuniga qadar «Poytaxt» biznes majmuasi, 46 gektar hududga ega «Beldirsoy» va 76 gektar maydonli «Çorvoq» dam oliş maskani, poytaxt markazidagi 4 gektarli yirik savdo kompleksi (Malika) kabi investorlar uçun jozibador bölgan 12ta obekt sotilişini ta'minlaşi zarur.

Ortiqov aprel oyida «Kvars», «Jizzax plastmassa», «Kafolat suğurta» kabi 18ta korxonalardagi davlat uluşini sotib, joriy yilning birinçi yarmiga qadar budjetga 1 trillion söm tuşum qilişi şart», deya prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.