«Osmondagi bolalar» loyihasiga bergan intervyusida Ğolibjon Özbekistonda multfilm işlab çiqariş sohasi oqsayotgani sabablari, yaxşi animator uçun qanday xususiyatlar kerakligi haqida söz yuritdi.
«Xorijda soniyasiga 100 dollar, Özbekistonda esa tayyor mahsulotga 2–3 mln söm»
— Ayni paytda multfilmlar tayyorlaş bilan şuğullanyapmiz. Çet eldan ham buyurtma olamiz, «Özbekfilm» bilan ham hamkorlik qilyapmiz.
Özbekistonda multfilm işlab çiqariş sohasi oqsayotganining birinçi sababi mablağga borib taqaladi. Yaxşi mutaxassis 2–3 mln sömga qanday qilib işlaşi mumkin? Özbek bozorida taklifni şunaqa berişadi.
Misol, çet elda bitta multfilm uçun soniyasiga şartnoma gaplaşiladi. Animatsiya böyiça soniyasiga örtaça 45 dollar tölanadi. Osiyo davlatlari uçun narx şunaqa. Soniyasiga 100 dollargaça berişga tayyor kompaniyalar ham bor.

Marvel yoki Disney'da faqatgina amerikaliklar işlayotgani yöq. U yerda özbeklar ham bor. Misol uçun, yaqinda «Qirol şer», «Maugli»ning film variantini özbek animatori tayyorladi.
Şunaqa bolalar çetga çiqib ketgan. Çunki ijodkor uçun erkinlik muhim. Bu yerda esa erkinlik juda ham kam. Tayyor qilingan işga yetarli mablağ tölanmaydi. Bu narsa ijodkorning yölini tösib qöyadi. Keyin esa ketiş payiga tuşadi.
Özbekistonda multfilm işlab çiqariş sohasini rivojlantiriş uçun ta'limni kuçaytiriş kerak. Bunga esa katta mablağ kerak.
Şuningdek, mulfilmlar milliylikni ham namoyon qilişi lozim. Tayyor multikni bir neça tilda tayyorlaş va bozorda sota oliş muhim. Bizda multfilm tayyorlanadi, ammo sota olmagani uçun tekinga televizorda qöyadi. Aslida tayyor mahsulot öz xarajatidan 2–3 baravar köproq pul olib kelişi lozim.

Çet elda multfilm işlab çiqariş uçun brendlar homiylik qiladi va filmning qaysidir qismida öşa brend reklama qilib ketiladi. Bu yaxşi biznes. Xorijda klip, kino, mulfilmlarda bu odatga aylangan. Çunki mahsulotni tayyorlaş uçun bir kişi pul tikkanidan köra, homiylarni jalb qiliş osonroq ham böladi. Bizda ham şu tendensiya paydo bölişi kerak.













