2021 yil 10 fevral kuni «Zakovat» intellektual klubi nodavlat notijorat taşkilot sifatida Adliya vazirligida röyxatdan ötkazildi. Bu haqda Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi xabar bermoqda.


Klub faoliyatining asosiy maqsadi sifatida:
- yoşlarning bilimga bölgan intilişlarini qöllab-quvvatlaş va rağbatlantiriş;
- intellektual soğlom raqobatni yuzaga keltiriş;
- yoşlar orasida kitobxonlikni tarğib qiliş va rivojlantiriş;
- respublikaning turli hududlaridagi zakovatli yoşlar uçun fikr almaşiş imkoniyatini yaratiş;
- ta'lim muassasalarida intellektual tögaraklar faoliyatini yölga qöyiş va takomillaştiriş;
- professional va havaskor bilimdonlar iştirokida intellektual loyihalarni amalga oşiriş kabilar belgilandi.
Avvalroq, Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi Vasiylik kengaşi yiğilişida «Zakovat» intellektual klubi nodavlat notijorat taşkilotini tuziş haqida qaror qabul qilingani xabar berilgandi.









