«Amir Temurning eng yaxşi xususiyatlari Boburda aks etgan» - boburşunoslar davrasida
|23:05 / 13.02.202121 1079 min
Zahiriddin Muhammad Bobur – umr böyi vatan soğinçi bilan yaşab ötgan şoh, iste'dodli şoir, ziyrak olim. U nodir şaxsiyati, 47 yillik umri davomida bosib ötgan hayot yöli va qoldirgan merosi bilan Şarq xalqlari tarixida katta örin tutadi.
Kun.uz 14 fevral – Bobur tavalludining 538 yilligi munosabati bilan boburşunoslar bilan suhbat taşkil etdi.
«Bobur – adolatli şoh edi, u davlat mulki va şaxsiy mulkni aralaştirib yubormagan»
Abdumajid Madraimov, tarix fanlari doktori, professor
— Javoharlal Neru Zahiriddin Muhammad Bobur töğrisida gapirar ekan: «Bobur – dilbar şaxs», degan edi. Bu bejiz emas. Ibrohim alayhissalom Allohga iltijo qilib: «Meni töğrisöz va odamlarga yoqimli qilgin», degan. Musulmonçilikda inson töğrisöz va xuştabiat bölişi kerak. Şu jihatdan olganda Neru gapi töğri böladi.
Abdumajid Madraimov
Barça bilan muomala qila oliş – aksar davlat arboblariga xos xususiyatlardan. Çunki davlat arboblarini gapirganda ularning rabti, zabti va tuzuki degan xususiyatlariga qaraladi. Zabti – biror yerni egallaş, rabti – muomala qiliş, tuzuk esa boşqariş.
Boburodamlar bilan muomala qilişda juda e'tiborli bölgan va farzandlariga ham şunday nasihatlar qilgan. Masalan, Komronga yozgan nasihat xatida ham: «Davlatni boşqarmoqçimisan, odamlarni doim yoningga çaqirib tur, ular bilan yaxşi muomalada böl», deydi.
U insonparvar yetakçi sifatida ham nom qoldirgan. Xurosondan qaytayotganda, qişning izğirin sovuğida qoladi. Safdoşlari toğ yonbağridagi ğorga kirib dam olişni taklif qilişganda ham: «Hamma sovuqda qolib men pana bölsam, bu insofdanmas», deya rad qiladi.
Bobur va uning otasi Umarşayx uçun adolat yuqori örinda turgan. Xususan, davlat mulki va şaxsiy mulkni aralaştirib yubormagan. «Boburnoma»da otasining şunday bir adolatini aytib ötadi. Bir karvonni qor bosib, odamlari ölganda, ikki yilça öşa mulkni saqlab egalariga bergan, deydi.
Zahiriddin Boburning jismoniy tomondan baquvvatligiga töxtalsak, Samarqand himoyasida ikki odamni ikki qöltiğida kötarib bemalol yurgan. Kobulda fitna uyuştirilib jang bölganda, bir özi beş odamni yenggan, jismoniy jihatdan ham baquvvat bölgan. Otasi haqida ham «Boburnoma»da: «Otam har qanday yigitni bir muşt zarbi bilan otdan ağdarardi», deydi.
Mavzuga oid
Akrom Dehqon, Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti
Akrom Dehqon
— Bobur sadoqatli odamlarni hamişa qadrlagan. Hatto janglarda öldirilgan askarlarining öğillariga ğamxörlik qilgan. «Boburnoma»da bir neça joyda aytadi, falon yigitim jangda halok bölgan edi, men öğlini olib tarbiya qilib, rioyatlar qildim, degan.
Şu bilan birga, eng yomon körgani, qoralagani bu xiyonat, qörqoqlik va ehmol (ya'ni podşo aytganini vaqtida qilmaslik) hisoblangan.
Bobur va Hindiston. Hind aslzodalari, hukmron tabaqa va mahalliy xalq bilan munosabati
Abdumajid Madraimov, tarix fanlari doktori, professor
— Amir Temurning bir siyosati bor ediki, qaysi tomonga yuriş qilmoqçi bölsa, öşa yerning çegara yaqinidagi odamlari bilan yaxşi muomalada bölgan. Zahiriddin Bobur ham şu siyosatni öz faoliyatida qöllab borgan, Hindistonni egallaşidan avval, öşa atrofdagi odamlarga öz adolatini körsatib turgan.
1525 yilda Dehli sultoni Ibrohim Lödi va qarindoşi Davlatxon örtasida janjal kelib çiqadi. Va Davlatxon Boburdan yordam olmoqçi böladi, bu paytda Bobur ança kuçga ega bölgan.
Bundan taşqari, Rajput hukmdori Rano Sanga ham xat yozadi va Ibrohim sultonga qarşi jang qilişni taklif qiladi. Şunga işongan Bobur yuriş boşlaydi va bu paytda uning qöşini 12 ming atrofida bölgan. Keyinçalik ular xiyonat qilib jang qilişdan boş torsa-da, oz sonli qöşini bilan Ibrohim sultonni yengadi.
Umuman olganda, Bobur Amir Temurga öxşagan haqiqiy siyosatçi bölgan, temuriylar davlatining eng yaxşi an'analarini Hindistonga olib borgan. «Temur tuzuklari»da hokimiyat uçun kuraşda barça safdoşlari bilan yakkama-yakka gaplaşgani aytiladi. Bobur ham Hindiston yurişidan avval şunga amal qilgan. Amir Temurning eng yaxşi xususiyatlari Boburda aks etgan.
Bobur Hindistonga kelgandan keyin hindlarga öz hurmatini körsatgan. U bu yerning ham tabiatini, ham odamlarini örganadi. Ular bilan yaxşi bölişga harakat qiladi.
Boburiylar bir tomondan temuriylar davlat boşqaruvini olib keldi va bu davlat tuzumi inglizlar kelganda ham şu asosda davlatni boşqarar edi. Sönggi hukmdor Bahodirşoh Zafar ham musulmon bölgan. Hindistonda köpgina dinlar va elatlar bölgani uçun ularda bağrikenglik ham bölgan, hozirda multikulturalizm ham deyiladi.
Farzandlariga aytgan ibratli ögitlari
Zahiriddin Boburning farzandlariga yozgan nasihatomuz xatlarining 2tasi yetib kelgan. Şulardan biri öğli Humoyunga atab yozgan javob xati hisoblanadi.
Akrom Dehqon, Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti
— Öğli Humoyunga yozgan xatida unga xat yozişda e'tiborli bölişi, balandparvoz jumlalar qöllamasligi, betakalluf yozişi kerakligini uqtirib ötgan. Xat yozişdan maqsading nima bölsa, öşani qisqa, tiniq qilib bayon qil, deya nasihat qiladi.
Abdumajid Madraimov, tarix fanlari doktori, professor
— Şuningdek, Komronga yozgan xatida: «Sen Xurosonliklardan ehtiyot bölgin, ular yaxşi gapiradi, odamning işonçiga kirişga harakat qiladi, lekin ularning bitta xavfli tomoni aka va ukani bir-biriga qarama-qarşi qilib qöyadi. Soddaroq bölsa ham, Movarounnahrdagi Xoja Ahror valiyning şogirdlariga köproq işongin. Ular soddaroq, lekin juda ham sadoqatli böladi», deb aytadi.
«Bobur – xatolardan xoli bölmagan samimiy inson»
Abdumajid Madraimov, tarix fanlari doktori, professor
— Beayb parvardigor, Zahiriddin Muhammad Boburözining kamçiligini, aybini ham yozib qoldirgan. Masalan, Andijonni ikkinçi marta egallagandan keyin şunday farmon beradiki, kim öz mulkini tanisa, qaytarib olaversin degan. Çunki bundan oldin Boburning duşmanlari uning tarafdorlarining mol-mulkini tortib olgan edi. Farmon atay qasd oliş, çegaradan çiqişgaça olib keladi. Askarlar podşo farmonini rökaç qilib, raqiblarining barça mol-mulkini tortib ola boşlaşgan. Bobur bu buyruği xato bölganini va xalqni öziga qarşi qilib qöyganini ta'kidlaydi. Şu sabab ham Andijonda xalq orasida «Ur Bobur» degan ibora qolib ketgan.
Uning özi tan olgan xatolaridan yana biri – Ismoil Safaviy bilan bölgan ittifoqi. Şayboniyxon ölimidan söng asirga tuşib qolgan opasini qutqariş uçun jiyani Mirzoxonni elçi qilib yuboradi va ittifoq tuziladi. Şialarning kiyimini kiyib, Samarqandga kirib borganda, xalqning ixlosi qaytganini köradi. Holbuki, Samarqandni avvalgi egallaganlarida xalq uni yaxşi kutib olgandi.
Boburiy hukmdorlarning madaniy hayotga ta'siri
Abdumajid Madraimov, tarix fanlari doktori, professor
— Mirzo Uluğbek Samarqandda nima qilgan bölsa, Zahiriddin Bobur Kobul va uning atroflarida şunday işlarni amalga oşirgan. Isfara degan joyda «Boği vafo», «Boği safo» degan boğlarni qilgan.
Ingliz tarixçilari boburiylarning 6 nafarini buyuk boburiy deyişadi. Bular – Zahiriddin Muhammad Bobur, Nosiriddin Muhammad Humoyun, Jaloliddin Muhammad Akbar, Nuriddin Muhammad Jahongir, Şahobiddin Muhammad Şohi Jahon va sulolaning oxirgi buyuk vakili Avrangzeb Olamgir.
Nosiriddin Muhammad Humoyunning buyuk xizmatlaridan biri davlatni qayta egallagani hisoblanadi. Jaloliddin Muhammad Akbarning siyosatda, madaniyatda bunyodkorlik işlari köp. Fotihpur-Sikridan taşqari Allohobod (asli Ilohobod) degan şaharni u qurdirgan.
Şahobiddin Muhammad Şohi Jahon bunyodkorlikka eng köp e'tibor bergan va şu sohani yaxşi bilgan odam bölgan. U Tojmahaldan taşqari Dehli yaqinida Qizilqal'a, Şohjahonobod degan majmualarni ham qurdirgan.
Avrangzeb Olamgir otasi mamlakat xazinalarini juda ham köp sarflab yuborgani uçun kamroq xarjlaşga intilgan. Lekin uning öşa vaqtda işlangan suratlarida kiyim-keçaklari şunçalik köpki, uni hamma narsadan voz keçgan odam, deya olmaymiz.
Şunday bölsa-da, u musulmonçilikka köp etibor bergan. «Fatavoyi Olamgiriy» degan kitob yozilişida boş bölgan. Avrangzebning özi Qur'on köçirib, undan kelgan mablağ evaziga yaşagan degan gaplar ham bor, bu asossiz emas.
Suhbatni töliq holda Kun.uz'ning YouTube sahifasida tomoşa qilişingiz mumkin.