«Içki işlar xodimlari tun-u kun, har qanday şaroitda el xizmatida. Bu pandemiya şaroitida, Buxoro va Sardobadagi oğir kunlarda yaqqol körindi. Boşqa payt ham xavf-xatar doim ularning yonida.
Iş haqini belgilaşda buni inobatga oliş zarur. Şuning uçun, joriy yilda barça içki işlar xodimlari iş haqi 30 foizga, jamoat xavfsizligini ta'minlaşga bevosita jalb etilgan, sodda qilib aytganda, mahallada xizmat ötovçi xodimlar iş haqi esa 60 foizga oşiriladi», degan prezident.
Yiğiliş davomida içki işlar idoralarining barça böğinida qoğozbozlik va byurokratiyani keskin kamaytirib, iş yuritişni raqamlaştiriş vazifasi qöyildi. Şu maqsadda Içki işlar vazirligida axborot texnologiyalari böyiça alohida vazir örinbosari lavozimi joriy etilgani ma'lum qilindi (bu lavozimga Najmiddin Töraxöjayev tayinlangan).
Soha uçun professional kadrlar tayyorlaşni yangi bosqiçga kötariş, profilaktika inspektorlari va tergovçilarning bilimini oşiriş böyiça topşiriqlar berildi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan içki işlar vaziri, huquq-tartibot idoralarining hududiy boşqarmalari rahbarlari, şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisi va viloyat hokimlari axborot bergan.





















