Shavkat Mirziyoyev Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
II darajali «Shon sharaf» ordeni bilan
Ashropov Ramazon Axmatxo‘jayevich - O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari
«Mardlik» ordeni bilan
Torebekov Baxtiyar Ismandiyarovich - Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri
Xusanov Ilyos Pardayevich - Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori
«Do‘stlik» ordeni bilan
Maxmudova Mariya Stepanovna - Toshkent shahar Yunusobod tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi ekspert-kriminalistika bo‘limi katta eksperti
Tashxodjayev Ulug‘bek Shuxratovich - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti boshlig‘i
Xatamov Rustam Abduganiyevich - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘i
«Jasorat» medali bilan
Abbasov Avliyo Israilxonovich - Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori
Karimkulova Sayyora Kudratovna - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish koloniyasi kichik inspektori
Xaitov Abdunayim Xayrullayevich - Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi katta tezkor vakili
Xudaynazarov Sanjar Farxodovich - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor vakili
«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan
Abbasov Rustam Abdullajanovich - Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining maslahatchisi
Isayev Istam Qoryog‘diyevich - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari harbiy qism guruh komandiri o‘rinbosari
Maxmudov Xurshid Xusanovich - Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani ichki ishlar boshqarmasi probatsiya guruhi inspektori







