Buyuk Britaniyaning Ultra Light Rail Partners kompaniyasi BioUltra deb nomlangan biogazda yuruvçi ekologik toza poyezdni taqdim qildi.

Barça çiqindilar – inson farovonligi uçun

Biogazda işlovçi dvigatellar ğoyasi avvaldan bor edi. Lekin uni amalga samarali tatbiq qiliş hanuz tajribalar darajasida edi. Ultra Light Rail Partners esa, birinçilardan bölib ğoyani amalga oşira olyapti. Poyezdlar inson çiqindisi va taşlab yuborilgan oziq-ovqatlardan olingan quvvat hisobiga işlaydi. Dizel yoqilğisidan voz keçiş dasturi doirasida Britaniyadagi poyezdlarni biogazda harakatlanuvçi poyezdlarga almaştiriş közda tutilgan.

2020 yilning yozida Ultra Light Rail Partners innovatsion vagonlarning ilk sinovlarini ötkazdi. 20 metr uzunlikdagi yangi poyezd 120 yölovçini taşib, soatiga 80 km tezlik bilan harakatlana oladi.

Albatta, bu kabi poyezdlar yaqin orada katta yölovçi va yuk taşuvçi poyezdlar örnini bosa olmaydi. Ular hozirça şahar taşqarisiga qatnovçi elektriçka va şahar tramvaylari örnini bosa oladi. Köplab mamlakatlarda «taşlandiq» temir yöl izlari bor va ular elektrlaştirilmagan. Ularda unça katta bölmagan dizel yoqilğili poyezdlar yuradi. Mana şunaqa joylar uçun BioUltra mos keladi.

Ekologik işlanma Innovate UK davlat agentligi qöllovi bilan qilinmoqda. Ultra Light Rail Partners 500 ming AQŞ dollariga teng davlat grantlarini olib, Long Marstondagi Motorail tajriba relslarida sinov ham ötkazişga ulgurdi.

Poyezd hidsiz biometan gazida harakatlanadi. Undan taşqari, poyezd vazni atigi 20 tonna bölib, dizelda yuradigan muqobillaridan qariyb ikki barobar yengilroq. BioUltra’ning bunday yengil konstruksiyasi relslarning kamroq yemirilişiga sabab bölib, texnik xizmat körsatiş xarajatlarini qisqartiradi.

BioUltra poyezdining yoqilği baki siğimi ideal şaroitlarda 3200 kilometr yurişini ta'minlaydi. Inson çiqindilarida yuradigan yangi poyezdlarni rivojlantiriş istiqboli ança oydin – Buyuk Britaniya hukumati kiçik şaharlarni milliy temir yöl tizimiga integratsiya qiliş uçun 650 million dollarlik jamğarma ajratgan.

Zamonaviy hayot tarziga hamohang tarzda har bir vagon virusga qarşi funksiya bilan jihozlanadi – ultrabinafşa nurlari, mis sathlar, antiseptiklar va niqoblar.

«Biz Britaniyadagi biometanda harakatlanuvçi ilk poyezdni işlab çiqiş loyihasini muvaffaqiyatli yakunlab, Innovate UK’dan ikkinçi grantni qabul qilib olganimizdan mamnunmiz. Bu bizning avtomobilda sayohat qilişga qöşimça ravişda qulay, zamonaviy, işonçli va xavfsiz temir yöl taşuvlariga diqqat qaratuvçi biznesga bildirilgan yuksak işonç.

Biz Buyuk Britaniya böylab yirik va kiçik şaharlarga taklif eta oliş imkoniyatiga ega bölişni istaymiz. Şundagina ular havoni ifloslantiruvçi trasnportni olib taşlaşga va barçaning hayotini yaxşilaşga qodir böladilar», deydi BioUltra loyihasi rahbari Beverli Nilsen.