Oliy Majlis Qonunçilik palatasining «Toşkent viloyatining Angren şahri, Örta Çirçiq va Ohangaron tumani çegaralarini özgartiriş töğrisida»gi qarori loyihasi jamoatçilik muhokamasi uçun e'lon qilindi.
Hujjat loyihasida Angren şahri hududidagi 143,16 gektar («Nurobod» qörğoni) hamda Örta Çirçiq tumani hududidagi 3278,92 gektar («Baxt» MFY hududidan 130,46 gektar, «Toş DAU» MFY hududidan 1518,5 gektar, «A.Navoiy» MFY hududidan 264,5 gektar va «Örtasaroy» MFY hududidan 1250,2 gektar) yer maydoni Ohangaron tumani tarkibiga ötkazilişi belgilanmoqda.
Bunda Angren şahridan Ohangaron tumaniga ötkazilişi taklif qilinayotgan Nurobod qörğonining barça nuqtalari Ohangaron tumani «Yonariq» MFY bilan çegaralanadi.
Örta Çirçiq tumanidan Ohangaron tumaniga ötkazilişi taklif qilinayotgan «Örtasaroy» MFY 2-uçastkasining barça nuqtalari, Ohangaron tumani «Gulobod» va «Yangihayot» MFYlari hamda Yuqori Çirçiq tumani bilan çegaralanadi.
Loyiha tasdiqlangaç, viloyatning Ohangaron tumani tarkibiga ötkazilayotgan Angren şahar 27-Hamza saylov okrugidan saylangan Xalq deputatlari Angren şahar kengaşi deputati Viktor Bandarenko Xalq deputatlari Ohangaron tumani kengaşi deputati hisoblanişi qayd etilgan.
Çegaralar özgartirilişi Vazirlar Mahkamasi taklifi bilan, Konstitutsiyaning 78-moddasi hamda «Özbekiston Respublikasida ma'muriy-hududiy tuziliş masalalarini hal etiş tartibi töğrisida»gi qonunning 5 va 13-moddalariga muvofiq, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi qarori asosida amalga oşirilişi belgilangan.
- 2020 yil sentyabrida Qonunçilik palatasi qarori bilan Toşkent şahri hududidan 2 131,2 gektar hamda Toşkent viloyati hududidan 2 288,4 gektar yer maydonlari Yangihayot tumani tarkibiga ötkazilişi xabar qilingandi.











