Vazirlar Mahkamasining “International School of Finance and Technology (ISFT) universitetini taşkil etiş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Toşkent viloyati hokimligi hamda “International School of Finance Technology and Science” mas'uliyati çeklangan jamiyatining International School of Finance and Technology (ISFT) universitetini taşkil etiş töğrisidagi taklifi ma'qullanişi mumkin.
Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yönalişlari etib belgilanadi:
- respublika iqtisodiyoti real sektorlari tarmoqlarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda, xalqaro buxgalteriya hisobi va audit, biznes boşqaruvi, moliyaviy tahlil, moliyaviy risk boşqaruvi hamda boşqa sohalarda yuqori malakali kadrlarni tayyorlaş;
- yuqori malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni, jumladan xorijda faoliyat yuritayotgan vatandoşlarni jalb etgan holda yetakçi xorijiy oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan keng hamkorlikni amalga oşiriş;
- Özbekiston davlat korxonalari va boşqa korxonalar xodimlarining malakasini oşiriş, xorijning ilğor ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik qiliş asosida tajriba almaşiş dasturlarini amalga oşiriş;
- ta'lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş;
- ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oşiriş.
Universitet Toşkent viloyati, Qibray tumani, “Salor” şaharça fuqarolar yiğini, Oliygoh köçasi, 2-uy manzilida taşkil etiladi.












