The Guardian naşrining şotlandiyalik olimlarga tayanib xabar berişiça, yangi ştamm B1525 deb nom olgan. Edinburglik mutaxassislar uşbu ştammni Daniya, Britaniya, Nigeriya, AQŞ, Fransiya, Gana, Kanada, Avstraliya, Iordaniya va Ispaniyada olingan namunalarni tahlil qiliş yordamida aniqlaşgan.
Naşr ma'lumotlariga köra, uşbu ştamm bilan ilk kasallaniş holatlari 2020 yil dekabr oyiga töğri kelmoqda.
Olimlarning ta'kidlaşiça, virusning yangi varianti Britaniyada keng tarqalgan B117 ştammidan tojsimon oqsilidagi Ye484K mutatsiyasi bilan farqlanadi. Bu mutatsiya esa virusni antitanalarga nisbatan bardoşliroq qiladi.
Uşbu vaziyat ortida şotlandiyalik mutaxassislar hukumatni virusning yangi varianti aniqlangan hududlarda köproq test ötkazişga çaqirişgan.
10 fevralda JSST Britaniyada aniqlangan ştamm ötgan hafta yana 6ta davlatda aniqlangani va u tarqalgan davlatlar soni 86taga yetganini ma'lum qildi. Şuningdek, virusning dastlab JARda (501Y.V2), Braziliya va Yaponiyada (P.1) aniqlangan turlarining ham geografik tarqalişi kengaydi.












